“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevralda boʻlib oʻtgan, 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida qilgan maʼruzasidagi asosiy qoidalarni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi toʻgʻrisida (602-I-son)
27.02.2009
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevralda boʻlib oʻtgan, 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida qilgan maʼruzasidagi asosiy qoidalarni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 27-fevral,
602-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2009-yil 27-fevraldagi 602-I-sonli qaroriga ILOVA
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevralda boʻlib oʻtgan, 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida qilgan maʼruzasidagi asosiy qoidalarni amalga oshirishga doir tadbirlar
REJASI
T/r Tadbir nomi Bajarish muddati Ijro shakli va natijalari Masʼul ijrochilar Kutilayotgan natijalar I. Nazorat-tahlil faoliyati 1. Texnikaviy va hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi konvensiyaning Sirdaryo viloyati qishloq tumanlarida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish Birinchi yarim yillik Senat qoʻmitalari hamda xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining qoʻshma qarorini qabul qilish Senatning Tashqi siyosat masalalari hamda Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitalari (Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda) Qishloq aholisining taʼlim darajasini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish 2. “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Fargʻona viloyati qishloq tumanlarida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish Ikkinchi yarim yillik Senat qoʻmitalari hamda xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashining qoʻshma qarorini qabul qilish Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitalari (xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi bilan birgalikda) Qishloq aholisining daromadlari darajasini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqi� 3. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy Dasturining Jizzax viloyatida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish Ikkinchi yarim yillik Senat qoʻmitasi hamda xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining qoʻshma qarorini qabul qilish Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi (xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi bilan birgalikda) Qishloq aholisining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish 4. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Navoiy viloyatida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish Ikkinchi yarim yillik Senat qoʻmitasi hamda xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining qoʻshma qarorini qabul qilish Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi (xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi bilan birgalikda) Sanoat ishlab chiqarishi oʻsib borishiga hamohang ekologik xavfsizlikni taʼminlash qoidalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining normalarini har taraflama amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish II. Tadbirlar* 1. “Qishloqda infratuzilmani rivojlantirish hamda daromad manbalarini koʻpaytirishning oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan strategiyasi” mavzuida seminar (xalq deputatlari Kengashlarining tegishli doimiy komissiyalari ishtirokida) Yilning ikkinchi choragi Tavsiyalar qabul qilish Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻ�itasi Qishloq aholisi daromadlari darajasini oshirishga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish 2. “Odam savdosi — zamonamizning global muammosi” mavzuida seminar Yilning ikkinchi choragi Tavsiyalar qabul qilish Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Odam savdosiga qarshi kurash borasida davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish 3. “BMTning “Inson taraqqiyoti” konsepsiyasi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini amalga oshirishdagi roli” mavzuida mintaqaviy seminar Yilning ikkinchi choragi Tavsiyalar qabul qilish Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi (BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi bilan birgalikda) Mahalliy davlat hokimiyati organlarining “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturining qonunchilik taʼminoti hamda mazkur Dasturni amalga oshirish borasidagi faoliyatidan qishloq joylar aholisini keng koʻlamda xabardor etib borish va bu faoliyat keng yoritilishini taʼminlash 4. “Qishloq aholisi tibbiy madaniyatini oshirishning dolzarb muammolari” mavzuida davra suhbati Yilning ikkinchi choragi Tavsiyalar qabul qilish Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi Qishloq aholisining tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish 5. “Qishloqda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda chet el investitsiyalarini jalb etish masalalari” mavzuida seminar (Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda) Yilning uchinchi choragi Tavsiyalar qabul qilish Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi Qishloq aholisi daromadlari darajasini oshirishga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish 6. “Qishloq yoshlarini harbiy xizmatga tayyorlashda mahalliy davlat hokimiyati organlarining, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarning vazifalari” mavzuida seminar Yilning toʻrtinchi choragi Tavsiyalar qabul qilish Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi Qishloq yoshlarida vatanparvarlik ruhini mustahkamlash 7. Markaziy Osiyoning transchegaraviy daryolari resurslaridan oqilona foydalanish masalalari yuzasidan senatorlar, olimlar va mutaxassislarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini tashkil etish Yil davomida Ommaviy axborot vositalarida chiqish Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Matbuot xizmati Transchegaraviy oqar suv resurslaridan foydalanish muammolaridan jamoatchilikning xabardorlik darajasini oshirish 8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevralda boʻlib oʻtgan, 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida qilgan maʼruzasida bayon etilgan asosiy qoidalarni, shuningdek “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini amalga oshirishga oid tadbirlarni roʻyobga chiqarishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining oʻrni va ahamiyati toʻgʻrisida mintaqaviy seminarlar oʻtkazish. Yil davomida Tavsiyalar qabul qilish Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh Senatning Tashqi siyosat masalalari hamda Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitalari bilan birgalikda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, shuningdek jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini mamlakatimizda bartaraf etish yuzasidan 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan tadbirlar dasturi mohiyati hamda ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan faoliyati samaradorligini oshirish. “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini hamda tegishli mintaqaviy dasturlarni amalga oshirishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faolligini yanada kuchaytirish
* Izoh: Tadbirlar oʻtkaziladigan sana va ularning ishtirokchilari tarkibi materiallar tayyor boʻlishiga qarab aniqlashtiriladi.
