Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda majburiy tartibda bojxona ekspertizasi oʻtkaziladigan tovarlar roʻyxatini tasdiqlash haqida (2787-son)
17.05.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 17-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2787]
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 215-moddasiga muvofiq Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda majburiy tartibda bojxona ekspertizasi oʻtkaziladigan tovarlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 18-aprel,
01-02/16-27-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 18-apreldagi 01-02/16-27-son qaroriga ILOVA
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda majburiy tartibda bojxona ekspertizasi oʻtkaziladigan tovarlar
ROʻYXATI
T/r TIF TN kod Tovar nomi 1. 0402 Quyultirilgan yoki shakar yoxud boshqa shirin taʼm beruvchi moddalar qoʻshilgan sut va qaymoq (kukun, donador yoki boshqa qattiq holatdagilaridan tashqari). 2. 0405 Sariyogʻ va sutdan olingan boshqa moylar va yogʻlar. 3. 0901 Kofe. Kofe poʻchogʻi va kofe donlari qobiqlari. Tarkibida ixtiyoriy proporsiyada kofe mavjud boʻlgan kofe oʻrnini bosuvchilar. 4. 0902 Choy. 5. 1507 Soya moyi va uning fraksiyalari (tozalangan yoki tozalanmagan, lekin kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan). 6. 1508 Araxis moyi va uning fraksiyalari (tozalangan yoki tozalanmagan, lekin kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan). 7. 1509 Zaytun moyi va uning fraksiyalari (tozalangan yoki tozalanmagan, lekin kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan). 8. 1510 00 Faqat maslin (zaytun)dan olinadigan boshqa moylar va ularning fraksiyalari (tozalangan yoki tozalanmagan, lekin kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan), shuningdek ushbu moylar va fraksiyalarning 1509 tovar pozitsiyasidagi moylar va fraksiyalar bilan aralashmalari. 9. 1512 Kungaboqar, maxsar yoki paxta moyi va ularning fraksiyalari (tozalangan yoki tozalanmagan, lekin kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan). 10. 1515 Boshqa nouchuvchan oʻsimlik yogʻlari va moylari hamda ularning fraksiyalari (tozalangan yoki tozalanmagan, lekin kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan). 11. 1516 Toʻliq yoki qisman gidrogenizatsiyalangan, intereterifikatsiyalangan, reeterifikatsiyalangan yoki elaidinizatsiyalangan, tozalangan yoki tozalanmagan, lekin keyingi qayta ishlovdan oʻtkazilmagan hayvonlar va oʻsimliklarning yogʻlari va moylari. 12. 1517 Margarin. Hayvonlar yoki oʻsimliklarning yogʻlari yoki moylaridan yoxud turli yogʻlar yoki moylarning fraksiyalaridan (1516 tovar pozitsiyasining isteʼmolga yaroqli yogʻlari va moylari hamda ularning fraksiyalaridan tashqari) tayyorlangan, ovqatga ishlatish uchun yaroqli aralashmalar yoki tayyor mahsulotlar. 13. 1601 00 Goʻsht, kalla-pocha yoki qondan tayyorlangan kolbasalar va shunga oʻxshash mahsulotlar. Ular asosida tayyorlangan tayyor mahsulotlar. 14. 1602 Goʻsht, kalla-pocha yoki qondan tayyorlangan boshqa tayyor yoki konservalangan mahsulotlar. 15. 1604 Tayyor yoki konservalangan baliq. Osyotrsimonlarning ikrasi va uning oʻrnini bosuvchilar. 16. 1704 Shakardan tayyorlangan qandolat mahsulotlari. 17. 1805 00 000 0 Tarkibida shakar yoki boshqa shirin maza beruvchi moddalar boʻlmagan kakao-poroshok. 18. 1806 Shokolad va tarkibida kakao boʻlgan boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari. 19. 2104 Shoʻrva va tayyor bulonlar va ularni tayyorlash uchun yarim mahsulotlar. Gomogenizirlangan tarkibli tayyor oziq-ovqatlar. 20. 2106 Boshqa oʻrinlarda kiritilmagan yoki nomlanmagan oziq-ovqatlar. 21. 2201, 2202 Alkogolsiz ichimliklar. 22. 2203 00 Solod asosli pivo 23. 2204, 2205 10, 2206 00, 2207, 2208 Alkogolli ichimliklar. Etil spirti va boshqa spirtli ichimliklar. 24. 2710 12 110 0-2710 12 510 0, 2710 12 900 0, 2710 19 210 0-2710 19 310 0, 2710 19 420 0-2710 19 510 0, 2710 19 620 0-2710 19680 0, 2710 19 710 0-2710 19 880 0, 2710 19 920 0-2710 19 980 0 Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari. 25. 3301, 3303 00 — 3307 Efir moylari va rezinoidlar. Parfyumeriya, kosmetika mahsulotlari. 26. 3401 20 100 0 Kukun, donador, boʻlaklangan, vaflisimon sovun. 27. 3506 91 Elimlar va tayyor adgezivlar. 28. 3809 Tekstil, qogʻoz ishlab chiqarish, teri sanoati va oʻxshash sohalarda qoʻllanuvchi ishlov berish vositalari. 29. 3814 00 900 0 Murakkab organik erituvchilar va suyultiruvchilar. Boʻyoq va laklarni kyetkazish uchun tayyor aralashmalar. 30. 3819 00 000 0 Gidravlik tormoz suyuqligi va gidravlik uzatishga moʻljallangan boshqa suyuqliklar. 31. 3917 Plastmassadan tayyorlangan trubalar, trubkalar, shlangalar va ularning fitinglari. 32. 3920 Armirlanmagan, gʻovak boʻlmagan va qatlamsiz plita, list, plyonka va boshqalar. 33. 3921 Armirlangan, gʻovak boʻlgan va qatlamga ega plita, list, plyonka va boshqalar. 34. 3923 Tovarlarni tashish va upakovkalash uchun plastmassa buyumlar. Plastmassadan tayyorlangan tiqinlar, qopqoqlar va tiqinlash uchun boshqa buyumlar. 35. 3924 Plastmassadan tayyorlangan oshxona idishlari va boshqa uy-roʻzgʻor buyumlari. 36. 5007 20 Tabiiy ipakdan va ipakchilik chiqindilaridan tayyorlangan gazlamalar. 37. 5111 19 100 0, 5111 19 900 0, 5111 30 100 0, 5111 30 900 0, 5112 11 000 0-5112 90 990 0 Hayvonlarning junidan tayyorlangan gazlamalar. 38. 5208 32 990 0, 5208 33 000 0, 5208 52 000 0, 5208 59 900 0, 5209 49 000 0 Paxtadan tayyorlangan gazlamalar. 39. 5407 10 001 0, 5407 72 000 0, 5407 73 000 0, 5407 74 000 0, 5408 22 900 0, 5408 23 000 0, 5408 24 000 0, 5512 19 900 0, 5513 11 200 0, 5513 39 000 0, 5514 11 000 0, 5515 11 900 0, 5515 21 900 0, 5515 22 110 0-5515 99 800 0 Kimyoviy iplardan tayyorlangan gazlamalar. 40. 5602 Fetr va voylok. 41. 5604 Rezina iplar va tekstil qoplamali kord. Shimdirilgan, qoplamali, ichida rezina yoki polimer qatlami mavjud tekstil pryaja, lentasimon iplar va 5404 yoki 5405 tovar pozitsiyasidagi iplarga oʻxshash iplar. 42. 5801 Tukli va baxmal gazlamalar. 43. 5802, 5803 00 Paxmoq sochiq gazlamasi va oʻxshash paxmoq gazlamalar. 44. 5804 Tyul va boshqa toʻrsimon matolar. Krujeva. 45. 5806 10 000 0, 5806 20 000 0, 5806 31 000 0, 5806 32 100 0 Ensiz gazlamalar. 46. 5807 Tekstil materialdan tayyorlangan etiketkalar, emblemalar va oʻxshash buyumlar. 47. 5808 Tesma. Pardozlash uchun materiallar. Kistochkalar, pomponlar va oʻxshash buyumlar. 48. 5906 Rezina aralashtirilgan tekstil materiallar. 49. 5907 Boshqa usul bilan qoplangan yoki shimdirilgan tekstil matolar. 50. 6001, 6002, 6003, 6004, 6005, 6006 Mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matolar. 51. 6912 00 Keramikadan tayyorlangan oshxona idishlari va boshqa uy-roʻzgʻor buyumlari.
* Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyalangan idoralarning tovarni TIF TN kodi boʻyicha klassifikatsiyalash uchun zarur koʻrsatkichlar yuzasidan laboratoriya sinov bayonnomasi mavjud boʻlganda bojxona ekspertizasidan oʻtkazilishi majburiy emas.
