Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi taklifi haqida (521-I-son)
25.04.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasining taklifini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining:
2005-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida”gi 187-I-sonli;
2006-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi (“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”) Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida”gi 429-I-sonli;
2006-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida”gi 440-I-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2005-yil 28-noyabrda kiritilgan “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qaytarilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-aprel,
521-I-son
