Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (333-I-son)
30.03.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2007-yil 28-fevralda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi I.A. Sobirov toʻgʻrisida”gi;
2007-yil 28-fevralda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi I. Karimov toʻgʻrisida”gi;
2007-yil 28-fevralda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi T. Komilov toʻgʻrisida”gi;
2007-yil 28-fevralda qabul qilingan “Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi M.R. Kuchchiyev toʻgʻrisida”gi;
2007-yil 28-fevralda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi M.B. Nurmuratov toʻgʻrisida”gi;
2007-yil 28-fevralda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi N. Omonov toʻgʻrisida”gi;
2007-yil 9-martda qabul qilingan “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 30-mart,
333-I-son
