“Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-fevralda boʻlib oʻtgan, 2006-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasining asosiy qoidalarini amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining tadbirlar rejasi toʻgʻrisida (295-I-son)
28.02.2007
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
“Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-fevralda boʻlib oʻtgan, 2006-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasining asosiy qoidalarini amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining tadbirlar rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 28-fevral,
295-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2007-yil 28-fevraldagi 295-I-sonli Qaroriga ILOVA
“Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-fevralda boʻlib oʻtgan, 2006-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasining asosiy qoidalarini amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining tadbirlar
REJASI
I. Nazorat faoliyati T/r Tadbir nomi Bajarish muddati Masʼul qoʻmita 1. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Qashqadaryo viloyatida ijro etilishini oʻrganish (Natijalarini qoʻmita bilan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining qoʻshma majlisida muhokama qilish) 2007-yilning ikkinchi yarim yilligi Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi 2. “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Jizzax viloyatida ijro etilishini oʻrganish (Natijalarini qoʻmita bilan xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining qoʻshma majlisida muhokama qilish) 2007-yilning ikkinchi yarim yilligi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 3. “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Buxoro viloyatidagi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boʻlinmalari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan ijro etilishini oʻrganish (Natijalarini qoʻmita bilan xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining qoʻshma majlisida muhokama qilish) 2007-yilning ikkinchi yarim yilligi Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi II. Qoʻmitalar oʻtkazadigan tadbirlar 1. “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va doimiy komissiyalarining “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturini amalga oshirish borasidagi asosiy vazifalari” mavzusida seminar (Toshkent viloyatining Piskent tumanida) 2007-yilning birinchi choragi Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 2. “Aholini ish bilan taʼminlashning huquqiy va iqtisodiy jihatlarini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati 2007-yilning ikkinchi choragi Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi 3. “Fuqarolarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalari” mavzusida davra suhbati 2007-yilning ikkinchi choragi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 4. “Nogiron va yetim bolalarni jismoniy tarbiyalash hamda sogʻlomlashtirish sohasida xalqaro hamkorlik” mavzusida konferensiya 2007-yilning ikkinchi choragi Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi 5. “Inson manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish — ustuvor vazifamizdir” mavzusida seminar (“Shoʻrtangazkimyo” birlashmasi bazasida) 2007-yilning uchinchi choragi Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi 6. “Mehribonlik” uylari hamda ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda xalq deputatlari tuman, shahar va viloyat Kengashlari deputatlarining roli” mavzusida seminar (Navoiy viloyati misolida) 2007-yilning toʻrtinchi choragi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
