Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2011-yilda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar toʻgʻrisida (148-II-son)
30.12.2010
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2011-yilda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 30-dekabr,
148-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2011-yilda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan
MASALALAR
Yilning birinchi choragi
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining taʼlim muassasalarining aholida, eng avvalo yoshlarda yuksak huquqiy madaniyatni, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishini shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuygʻusini taʼminlash borasidagi faoliyati haqidagi axboroti toʻgʻrisida (Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda, Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 2.3.2-bandiga muvofiq).
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
Yilning ikkinchi choragi
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
Yilning uchinchi choragi
Xalq deputatlari Andijon va Samarqand viloyat Kengashlarining eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishda, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishda hokimiyat vakillik organlarining rolini oshirishdagi ishtiroki toʻgʻrisidagi masalani oʻrganish. Yakunlarini Senat Kengashining sayyor majlisida xalq deputatlari Andijon va Samarqand viloyat Kengashlari bilan birgalikdagi muhokama qilish (Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda, Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 1.1.4-bandiga, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1. va 1.2-bandlariga muvofiq).
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining 2010-yil va 2011-yilning birinchi yarmidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
Yilning toʻrtinchi choragi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2011-yildagi faoliyati toʻgʻrisida.
Qoʻmita raislari, Senat Devoni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2012-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi haqida.
Qoʻmita raislari, Senat Devoni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2012-yilga moʻljallangan tadbirlar rejasi toʻgʻrisida.
Qoʻmita raislari, Senat Devoni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining 2012-yilga moʻljallangan ish rejasi toʻgʻrisida.
Komissiya raisi, Senat Devoni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2012-yilda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar toʻgʻrisida.
Senat Rahbariyati
Izohlar: ushbu masalalarga zaruratga qarab ayrim oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusidagi maʼruzasining asosiy qoidalari va xulosalarini amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan Harakat dasturi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 3-dekabrdagi 116-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturi — Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 — 2014-yillarga moʻljallangan Harakat dasturi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 31-martdagi 30-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
