Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (140-II-son)
04.12.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2010-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi V.N. Kolsov toʻgʻrisida”gi;
2010-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi T.X. Raxmonov toʻgʻrisida”gi.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-dekabr,
140-II-son
