Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (1747-1-son)
04.05.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 4-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1747-1]
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 15-noyabrdagi 167-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747, 2007-yil 11-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 525-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. TUEK tarkibi rais, shifokor-ekspertlar (terapevt, nevropatolog, otolaringolog, oftalmolog, xirurg) hamda kotibdan iborat boʻladi. TUEK tarkibiga kiruvchi shifokor-ekspertlardan biri Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq “kasb patologiyasi” ixtisosligi boʻyicha qayta tayyorlashdan oʻtgan boʻlishi kerak.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 8-aprel,
74-N-son
Kelishilgan:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2016-yil 8-aprel
