Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorini tasdiqlash toʻgʻrisida (547-I-son)
29.08.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 27-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-avgust,
547-I-son
