Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (305-son)
28.08.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 3-iyuldagi PF 3103-son Farmonining 6-bandini hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 3-iyuldagi 241-son qarorining 14-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 28-avgust,
305-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-avgustdagi 305-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-martdagi 140-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda; 1999-y., 3-son, 12-modda; 2000-y., 10-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomning 4-bandi oʻn toʻqqizinchi xatboshidagi “Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qarori 6-bandidagi “Davlat matbuot qoʻmitasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qaroriga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 42-modda)ning 8-bandidagi “Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Litsenziyalar blankalarini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida litsenziyalar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 78-modda)ning 4-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
