Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentini tashkil etish toʻgʻrisida (112-son)
05.03.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Eksport salohiyatini kengaytirish, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini va dasturlarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish boʻyicha ishlarni tashkil etishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari majburiy tartibda:
tashqi iqtisodiy va investitsiya faoliyati masalalariga taalluqli normativ hujjatlar loyihalarini Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti bilan kelishib oladilar;
moliyaviy va texnikaviy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida xalqaro tashkilotlardan va ixtisoslashgan xorijiy agentliklardan soʻrovlarni faqat Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti orqali amalga oshiradilar.
5. Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning boshqa qarorlari majburiy tartibda joʻnatiladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy banki va boshqa idoralarining statistik axborotnomalari majburiy tartibda joʻnatiladigan reyestrga kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 5-mart,
112-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-martdagi 112-son qaroriga 3-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN QARORLARI ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti toʻgʻrisida” 1995-yil 4-iyuldagi 254-son qarori;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiya dasturlari departamentini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 27-dekabrdagi 572-son qarori;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 8-fevraldagi 55-son qarori;
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 17-iyundagi 304-son qaroriga ilovaning Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti hamda Investitsiya dasturlari departamentiga oid qismi.
