2016-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida (X-474/3-son)
29.03.2016
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar hokimining
qarori
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 40-modda) ijrosini taʼminlash hamda ishga joylashishga muhtoj, ish bilan taʼminlanmagan aholini jumladan, kasbga ega boʻlmagan yoshlarni, ishga joylashtirishga koʻmaklashish, shuningdek oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 9 - son,320-modda)ning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
joylardagi davlat hokimiyati organlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha - ellik foizi ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet va ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga.
1. Shahar bandlikka koʻmaklashish markazining ishga joylashishga muhtoj, ish bilan band boʻlmagan aholini (kasbga ega boʻlmagan yoshlarni) bandligini taʼminlash, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash, shuningdek shaharning obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga koʻmaklashishni tashkil etish yuzasidan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi taklifi maʼqullansin.
2. Ishsizlarni vaqtinchalik ish bilan band qilish maqsadida shahardagi korxonalar, tashkilot va muassasalarda haq toʻlanadigan jamoat ishlari roʻyxati 1-ilovaga hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Haq toʻlanadigan ishlarini bajarish uchun yuborilgan shaxslarga korxonalarda amalda boʻlgan stavkalar va lavozim maoshlari (ishbay narxlar)dan kelib chiqqan holda, amalda bajarilgan ish uchun, ammo amalda ishlagan vaqt uchun ishsizlik boʻyicha nafaqa miqdori 15 foiziga koʻpaytirilganidan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlansin.
4. Shahar bandlikka koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan va ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarning kasb mahoratini, ish tajribasini, yoshi, jinsi va boshqa xususiyatlarini jamoat ishini tashkil etayotgan tegishli, korxona, tashkilot va muassasalardagi ishning turi va zaruriy mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish shahar bandlikka koʻmaklashish markazi (D. Uzoqov) zimmasiga yuklatilsin.
5. Haq toʻlanadigan jamoat ishlari uchun mablagʻ ajratish Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) ning 17 va 22-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizomining 23-bandiga muvofiq haq toʻlanadigan jamoat ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash ish beruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari, shuningdek mahalliy budjet va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirish, bunda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilinadigan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarining:
joylardagi davlat hokimiyati organlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha - ellik foizi ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet va ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirish belgilansin;
joylardagi davlat hokimiyati organlari mulki boʻlgan korxonalarda, xoʻjalik hisobidagi korxonalardan tashqari - mehnatga haq toʻlash xarajatlarning koʻpi bilan yetmish besh foizi;
boshqa korxonalarda - mehnatga haq toʻlash uchun xarajatlarning koʻpi bilan ellik foizi qoplansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi nizomning 25-bandiga muvofiq aholini ish bilan taʼminlashda noqulay vaziyatlar bilan bogʻliq istisno hollarda, shuningdek haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish uchun ish beruvchilarni qiziqtirish maqsadida haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash harajatlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga quyidagi miqdorda:
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizomning 26-bandiga muvofiq oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, shahar bandlikka koʻmaklashish markazida roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash xarajatlari toʻliq Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
8. Korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari zimmasiga haq toʻlanadigan jamoat ishlariga qatnashayotgan fuqarolar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarni (tabel) har oyning 25 sanasiga qadar shahar bandlikka koʻmaklashish markaziga taqdim qilib borish hamda ularga ish haqlarini toʻliq oʻz vaqtida oyma-oy toʻlanishini taʼminlash tavsiya etilsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini taʼminlash shahar bandlikka koʻmaklashish markazi direktori D. Uzoqov hamda shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari D. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
10. Shahar hokimining 2013-yil 5-yanvardagi X-11/1-sonli qarori bekor qilinsin.
11. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim A. AChILOV
Qarshi sh.,
2016-yil 29-mart,
X-474/3-son
Shahar hokimining 2016-yil 29-martdagi X-474/3-sonli qaroriga 1-ILOVA
Shahar hokimining 2016-yil 29-martdagi X-474/3-sonli qaroriga 2-ILOVA
Shahar bandlikka koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan va ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish boʻyicha ishchi guruhi
TARKIBI
