Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida (102-1-son)
28.04.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 28-aprelda 102-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2016-yil 27-apreldagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-sonli “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-sonli “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2016-yil 25-apreldagi 01-39/8.02-478-sonli Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi parvozlarini qidirish va avariya-qutqarish taʼminoti boʻyicha qoʻllanmani (roʻyxat raqami 102, 1994-yil 28-sentabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan murojaati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi parvozlarini qidirish va avariya-qutqarish taʼminoti boʻyicha qoʻllanma (roʻyxat raqami 102, 1994-yil 28-sentabr) davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Ibragimova) ushbu buyruqning “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-aprel,
101-mh-son
