Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning 2015-2016-yillarga moʻljallangan ish rejasi toʻgʻrisida (216-III-son)
25.08.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning 2015-2016-yillarga moʻljallangan ish rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Ushbu qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2015-yil 25-avgust,
216-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2015-yil 25-avgust,
KQ-39-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 25-avgustdagi № 216-III/KQ-39-III-sonli Qoʻshma qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning 2015-2016-yillarga moʻljallangan
ISh REJASI
T/r Asosiy vazifalar Tadbirlar nomi Ijro etish muddati Masʼul ijrochilar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qonunda ularning birgalikdagi vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan oʻzaro samarali hamkorligini taʼminlash Parlament palatalari aʼzolarini qonunda ularning birgalikdagi vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha oldindan xabardor qilish uchun sharoitlar yaratish Doimiy A.X. Shadmanov, B.D. Matmuratov 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, ular qoʻmitalarining (komissiyalarining) nazorat-tahlil tadbirlarini va boshqa tadbirlarni, avvalambor konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini ushbu sohada samaradorlikni oshirish, bir-birini takrorlashni va rasmiyatchilikni istisno etish, shuningdek tadbirlar sonini maqbullashtirish maqsadida oʻtkazish yuzasidan ish rejalarini kelishib olish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, ular qoʻmitalarining (komissiyalarining) nazorat-tahlil tadbirlarini va boshqa tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha har yilgi ish rejalarini kelishib olish xizmatini taqdim etuvchi ishlanma loyihasini va dasturiy taʼminotni joriy etish loyihasini tayyorlash 2015-yil IV chorak T.S. Abdusattarov, B.D. Matmuratov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, ular qoʻmitalarining (komissiyalarining) nazorat-tahlil tadbirlarini va boshqa tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha kelishib olingan ish rejalarini tayyorlash va qabul qilishda ishtirok etish Har yili, yil oxirida T.S. Abdusattarov, Z.M. Nizamxodjayev 3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari oʻrtasida qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil va axborot-tushuntirish faoliyati masalalari yuzasidan axborot-tahlil materiallari va boshqa materiallar almashishni tashkil etish Parlament aʼzolarining hujjatlar yagona bazasidan erkin foydalanishini taʼminlashni nazarda tutuvchi parlamentning yagona axborot tarmogʻini yaratish loyihasiga koʻmaklashish 2016-yil davomida S.A. Djakbarov, S.R. Baratova 4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining jamoatchilikni yangidan qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida, shuningdek palatalarning faoliyati haqida keng xabardor etish boʻyicha oʻzaro samarali hamkorligini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari axborot xizmatlarining jamoatchilikni qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, nazorat-tahlil ishlarining natijalari, Oliy Majlis palatalarining ular zimmasiga Konstitutsiya va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida yuklatilgan boshqa vakolatlarini bajarishga doir faoliyati toʻgʻrisida keng xabardor etish boʻyicha oʻzaro hamkorligining kelishib olingan yillik rejalarini tayyorlash va qabul qilishda ishtirok etish Har yili, yil oxirida I.Z. Abdullayev, F.S. Umarov, S.R. Baratova Oliy Majlis palatalarining shafeligida tashkil etiladigan tadbirlarni, shu jumladan madaniy-maʼrifiy tusdagi tadbirlarni oʻtkazishga tashkiliy jihatdan koʻmaklashish Doimiy S.A. Djakbarov, S.R. Baratova Manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda parlament palatalarining oʻzaro samarali hamkorligini taʼminlash mavzuiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish 2016-yil IV chorak I.Z. Abdullayev, Z.M. Nizamxodjayev 5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tuzilmalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish, shu jumladan bunday hamkorlikni axborot salohiyatidan va elektron maʼlumotlar bazalaridan birg�likda foydalanish maqsadida axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tuzilmalarining oʻzaro hamkorlik qilishi samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Parlamentining yagona axborot tarmogʻini rivojlantirish loyihalariga koʻmaklashish Doimiy A.T. Yunusova, Z.M. Nizomxoʻjayev 6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari (komissiyalari) tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlar amalga oshirilishini hamda ularning oʻzaro hamkorligi amaliyotini doimiy ravishda monitoring qilish, shuningdek ular oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning Internet-sahifasini yaratish va uni doimiy ravishda maʼlumotlar bilan toʻldirish loyihasini tayyorlash 2015-yil III chorak I.Z. Abdullayev, F.S. Umarov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining rahbariyatiga palatalar, ularning kengashlari, qoʻmitalari (komissiyalari) oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va kiritish Doimiy A.T. Yunusova, B.S. Tajiyev 7. Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolarining takliflariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, ular kengashlarining, qoʻmitalarining (komissiyalarining) qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil va boshqa faoliyati masalalarini muhokama qilish Muvofiqlashtiruvchi �engash majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, ular kengashlarining, qoʻmitalarining (komissiyalarining) qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil va boshqa faoliyatini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqish Doimiy I.Z. Abdullayev, B.D. Matmuratov Qonun ijodkorligi faoliyatida qonunchilik texnikasi hamda atamashunosligi asoslarini takomillashtirish va bir xilda tushunish boʻyicha uslubiy ishlarda ishtirok etish Doimiy T.S. Abdusattarov, B.D. Matmuratov
