“Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan zarur tashkiliy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish rejasini tasdiqlash haqida (1019-II-son)
10.11.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlarining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan zarur tashkiliy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Masʼul shaxslar “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan zarur tashkiliy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish rejasida koʻrsatilgan hujjatlar loyihalarining qatʼiy belgilangan muddatlarda tayyorlanishini taʼminlasin.
3. Ushbu Qoʻshma qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. Tursunov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari M. Radjabova zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2014-yil 10-noyabr,
1019-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-noyabr,
KQ-137-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 10-noyabrdagi 1019–II/KQ–137–II-sonli Qoʻshma qaroriga ILOVA
“Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan zarur tashkiliy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish
REJASI
T/r Hujjatning nomi Hujjat loyihasini tayyorlash muddati Masʼullar Hujjat qabul qilinishi rejalashtirilgan muddati Qabul qiluvchi organ 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom (yangi tahriri) 2014-yil 15-noyabr S. Tursunov, M. Radjabova, A. Saidov, D. Sidiqov, T. Shohnazarov, Sh. Choʻlliyev, M. Ik�omov, X. Meliyev, J. Qoʻchqorov, R. Ergashev, A. Toʻxtaboyev, I. Abdullayev, A. Toʻrayev 2015-yil 1-fevralgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining ustavi 2014-yil 15-noyabr S. Tursunov, M. Radjabova, A. Saidov, D. Sidiqov, T. Shohnazarov, Sh. Choʻlliyev, I. Abdullayev, A. Toʻrayev 2015-yil 1-fevralgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari 3. Qoraqalpogʻiston Respublik�si Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlarining namunaviy ustavi (nizomi) 2014-yil 15-noyabr S. Tursunov, M. Radjabova, A. Saidov, D. Sidiqov, T. Shohnazarov, Sh. Choʻlliyev, M. Ikromov, E. Ruzmetov, F. Radjabov, O. Oxunova, X. Meliyev, J. Qoʻchqorov, R. Ergashev, A. Toʻxtaboyev, I. Abdullayev, A. Toʻrayev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi bilan hamkorlikda 2015-yil 1-fevralgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari 4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi jamoat komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 2014-yil 15-noyabr S. Tursunov, M. Radjabov�, A. Saidov, D. Sidiqov, T. Shohnazarov, Sh. Choʻlliyev, J. Qoʻchqorov, R. Ergashev, A. Toʻxtaboyev, I. Abdullayev, A. Toʻrayev, M. Ikromov, X. Meliyev, E. Ruzmetov, F. Radjabov, O. Oxunova, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi 2015-yil 1-fevralgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari 5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlariga mablagʻlar ajratish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom 2014-yil 15-noyabr S. Tursunov, M. Radjabova, A. Saidov, D. Sidiqov, T. Shohnazarov, Sh. Choʻlliyev, M. Ikromov, X. Meliyev, J. Qoʻchqorov, R. Ergashev, A. Toʻxtaboyev, I. Abdullayev, A. Toʻrayev 2015-yil 1-fevralgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari 6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar 2014-yil 1-dekabr Parlament komissiyasi, S. Tursunov, M. Radjabova, A. Saidov, R. Ergashev, M. Ikromov, A. Toʻrayev, T. Shohnazarov, Sh. Choʻlliyev 2015-yil 1-fevralgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari �iloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi jamoat komissiyalarining namunaviy reglamenti 2014-yil 15-noyabr A. Saidov, D. Sidiqov, T. Shohnazarov, Sh. Choʻlliyev, M. Ikromov, X. Meliyev, E. Ruzmetov, F. Radjabov, O. Oxunova, J. Qoʻchqorov, R. Ergashev, A. Toʻxtaboyev, I. Abdullayev, A. Toʻrayev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi 2015-yil 1-fevralgacha Parlament komissiyasi 8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan davlat grantlari ajratilishining yagona tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom 2014-yil 1-dekabr A. Saidov, D. Sidiqov, M. Ikromov, X. Meliyev, E. Ruzmetov, F. Radjabov, O. Oxunova, J. Qoʻchqorov, R. Ergashev, A. Toʻxtaboyev, A. Toʻrayev 2015-yil 1-fevralgacha Parlament komissiyasi 9. Nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmalarini joylashtirishning yagona tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom 2014-yil 1-dekabr A. Saidov, D. Sidiqov, M. Ikromov, X. Meliyev, E. Ruzmetov, F. Radjabov, O. Oxunova, J. Qoʻchqorov, R. Ergashev, A. Toʻxtaboyev, A. Toʻrayev 2015-yil 1-fevralgacha Parlament komissiyasi 10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan subsidiyalar ajratish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom 2014-yil 1-dekabr A. Saidov, D. Sidiqov, M. Ikromov, X. Meliyev, E. Ruzmetov, F. Radjabov, O. Oxunova, J. Qoʻchqorov, R. Ergashev, A. Toʻxtaboyev, A. Toʻrayev 2015-yil 1-fevralgacha Parlament komissiyasi 11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror 2014-yil 20-noyabr Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, Parlament komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi 2015-yil 1-fevralgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari
Izoh: ushbu Rejaning masʼul ijrochilari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ozod boʻlgan lavozimlarga qayta tayinlangan shaxslar yoxud zimmalariga tegishli majburiyatlarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
