Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (22-son)
09.02.2016
Jizzax viloyati Yangiobod tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel), (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) ijrosini taʼminlash hamda tumanda 2016-yilda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni (bundan buyon matnda texnika deb yuritiladi) texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektori tomonidan undiriladigan yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilsin.
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi raisi (I. Muqimov)ga:
texnikaga mulk huquqi asosida ega shaxslar (mulkdor)ga texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnomani yuborish;
texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki texnik koʻrikka taqdim etilmagan texnikalar yuzasidan mulkdorga yozma koʻrsatma berish;
mulkdor koʻrsatmada belgilangan muddatda texnikani qayta texnik koʻrikdan oʻtkazmagan taqdirda hamda texnikadan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, saqlash, hisobdan chiqarish, taʼmirlash, texnika xizmatlari koʻrsatish holatlari haqidagi maʼlumotlarni tuman hokimligiga taqdim etish vazifalari topshirilsin.
4. Ushbu qaror “Yangiobod tongi” gazetasida eʼlon qilinsin va belgilangan tartibda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Eshpoʻlatov zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim A. QOʻLDOShOV
Yangiobod t.,
2016-yil 9-fevral,
22-son
Tuman hokimining 2016-yil 9-fevraldagi 22-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi
TARKIBI
Tuman hokimining 2016-yil 9-fevraldagi 22-sonli qaroriga 2-ILOVA
Yuridik shaxslarga tegishli texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish
ISh REJASI
T/r Tashkilot va korxona nomi Jami texnikalar soni Shu jumladan: Texnik koʻrikdan oʻtish kuni Texnik koʻrikdan oʻtkazish joyi va manzili traktorlar traktor tirkamasi oʻzi yurar shassi meliorativ texnika asbob- uskunalar qishloq xoʻjalik texnikasi 1. Tuman YXTFPK 5 3 1 - 1 - - 10.03.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 2. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi 9 4 3 - 1 - 1 15.04.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 3. Tuman Elektr tarmoqlari korxonasi 2 1 1 - - - - 10.03.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 4. Agroiqtisodiyot KHK 1 1 - - - - - 14.03.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 5. Qishloq xoʻjaligi KHK 3 1 - - - - 2 22.03.2016-y. Sarmich sahxvati suv manbai MTU 6. Sarmich chorva MChJ 3 1 1 - - - 1 22.03.2016-y. Sarmich saxovati suv manbai MTU 7. Mustaqillikning 10 yilligi shirkati 3 1 - - - - 2 10.05.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 8. Hoʻjamushkent oʻrmon xoʻjaligi 1 - - - 1 - - 10.03.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 9. Xovos chorvodori MChJ 12 6 - 1 1 - 4 15.04.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 10. Sarmich saxovati SIU 15 6 4 - 1 - 4 22.04.2016-y. Sarmich saxovati suv manbai MTU 11. Qoʻshqand SIU 2 1 - - - - 1 20.04.2016-y. Sarmich saxovati suv manbai MTU 12. Xavotogʻ asali MChJ 7 2 1 - - - 4 20.05.2016-y. Sarmich saxovati suv manbai MTU 13. Yangiobod MTP MChJ 8 3 - 2 - - 3 15.03.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 14. Shams Imkon f/x 3 1 1 - - - 1 15.04.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 15. Sherali Abdulhamid f/x 3 1 1 - - - 1 18.04.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 16. Yangiobod shuʼlasi KTXSF 2 1 1 - - - - 18.04.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 17. Xomodon ota f/x 2 1 - - - - 1 20.05.2016-y. Sarmich saxovati suv manbai MTU sida 18. Logarifm chinor f/x 1 - - 1 - - - 05.04.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 19. Orzu f/x 3 1 - - - - 2 05.04.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 20. Marat f/x 1 1 - - - - - 05.04.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 21. Raximov Shavkat f/x 2 - - - - - 2 12.05.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 22. Baraka f/x 2 - - - - - 2 12.05.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 23. Boboyorov Abduqu�duz f/x 2 - - - - - 2 12.05.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 24. Imom Xolnazar ota f/x 1 1 - - - - - 12.05.2016-y. Yangiobod MTP MChJ Jami 93 37 14 4 5 0 33
Tuman hokimining 2016-yil 9-fevraldagi 22-sonli qaroriga 3-ILOVA
Jismoniy shaxslarga tegishli texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish
ISh REJASI
T/r Hududlar nomi Jami texnikalar soni Shu jumladan, Texnik koʻrikdan oʻtkazish hafta kunlari Texnik koʻrikdan oʻtish kuni Texnik koʻrik oʻtkazish joyi va manzili traktorlar traktor tirkamasi oʻzi yurar shassi meliorativ t�xnika asbob- uskunalar qishloq xoʻjalik texnikasi 1. Yangiobod ShFY 62 35 10 2 4 1 10 Seshanba 10.04.2016-y. 25.06.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 2. Xovos QFY 80 50 20 1 9 Chorshanba 15.03.2016-y. 20.06.2016-y. Yangiobod MTP MChJ 3. Sovot QFY 50 35 5 10 Juma 20.03.2016-y. 10.06.2016-y. Xoʻjamushkent SIU MTU 4. Xavotogʻ QFY 30 20 5 5 Payshanba 05.04.2016-y. 25.05.2016-y. Kushkard SIU MTU 5. Sarmich QFY 62 40 10 2 10 Dushanba 25.03.2016-y. 20.06.2016-y. Sarmich saxovati suv manbai MTU 6. Xoʻjamushkent QFY 11 10 1 Shanba 10.03.2016-y. 30.04.2016-y. Yangiobod MTP MChJ Jami 295 190 51 5 4 1 44
