“141-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-405-son) · Sana: 25.04.2016 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti:
terrorizmni moliyalashtirish holatlarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarning monitoringini amalga oshiradi;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi”.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustda qabul qilingan “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi 402-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 162-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 19-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qon topshirish davriyligi bir martalik qon olish besh yuz millilitrdan, shuningdek laboratoriya tekshiruvlari uchun qirq millilitrdan ortiq boʻlmagan normada yiliga besh marotabadan oshmasligi kerak.
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi”;
2) 21-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Qon va uning tarkibiy qismlarini muntazam ravishda hamda bepul topshiruvchi donor “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi va eng kam ish haqining besh baravari miqdorida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti oladi.
“Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi 527-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 141-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 592-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2012-yil, № 4, 106-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
