Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “davriy matbuotni tarqatuvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 13-apreldagi 143-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (284-son)
07.08.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davriy matbuotni maxsus avtotransport bilan tashish tashkil etilishi munosabati bilan, uni aholiga oʻz vaqtida yetkazish va tashishni tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davriy matbuotni tarqatuvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 13-apreldagi 143-son qarorining 2-bandidagi “aviatsiya va temir yoʻlda” soʻzlari “aviatsiya, temir yoʻlda va maxsus avtotransportda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Belgilansinki, 2002-yilda davriy matbuotni maxsus avtotransportda tashish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini qoplash xarajatlari Davlat budjetidan “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasiga ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar limitini koʻpaytirmasdan Davlat budjetining 2002-yilga tasdiqlangan koʻrsatkichlari doirasida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 7-avgust,
284-son
