Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (2229-1-son)
18.04.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 18-aprelda 2229-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 7-maydagi 14/2-son qarori (roʻyxat raqami 2229, 2011-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 20-21-son, 216-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi “v” kichik bandidagi “Tijorat bankining likvidliligini boshqarishga boʻlgan talablar toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 559, 1998-yil 2-dekabr)” degan soʻzlar “Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2709, 2015-yil 13-avgust)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-mart,
8/7-son
