Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (80-son)
15.02.2016
Jizzax viloyati Forish tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2013-y., 16-son 197-modda) 17-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) muvofiq, transport vositalarining 2016-yilgi texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashning Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda, oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
4. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
5. Mazkur qarorning 4-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarning texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda;
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 15-fevraldan — 31-avgustga qadar oʻtkazilsin.
6. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi (T. Tursunov)ga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash vazifasi yuklatilsin.
7. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
8. Tuman ichki ishlar boʻlimi (Sh. Qurbonov) majburiy texnik koʻrik yakuni toʻgʻrisida tuman hokimligiga axborot taqdim etsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini tashkil etish tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Sh. Qurbonov zimmasiga yuklatilsin.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
11. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim v.b T. NURULLAYEV
Forish t.,
2016-yil 15-fevral.,
80-son
Tuman hokimining 2016-yil 15-fevraldagi 80-sonli qaroriga 1-ILOVA
Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi
TARKIBI
Tuman hokimining 2016-yil 15-fevraldagi 80-sonli qaroriga 2-ILOVA
Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Korxona, tashkilot va xoʻjaliklar nomi Koʻrikdan oʻtish sanasi Koʻrikdan oʻtish joyi 1. Tuman hokimligi 01.03.2016-yil YHXG maskani 2. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi 03.03.2016-yil YHXG maskani 3. Tuman arxitektura va qurilish boʻlimi 05.03.2016-yil YHXG maskani 4. “Omonkeldi” shirkat xoʻjaligi 07.03.2016-yil Xoʻjalik avtogaraji 5. “A. Yerimbetov” shirkat xoʻjaligi 10.03.2016-yil Xoʻjalik avtogaraji 6. “Darboza” shirkat xoʻjaligi 13.03.2016-yil Xoʻjalik avtogaraji 7. Tuman elektr taʼminoti korxonasi 16.03.2016-yil Korxona avtogaraji 8. Forish pochtasi 19.03.2016-yil YHXG maskani 9. Tuman tibbiyot birlashmasi 30.03.2016-yil TTB maskani 10. Forish tuman YXTFPK 04.04.2016-yil Korxona avtogaraji 11. “Forishtumangaz” filiali 07.04.2016-yil Tashkilot avtogaraji 12. “Nurota” davlat qoʻriqxonasi 09.04.2016-yil YHXG maskani 13. Obodonlashtirish boshqarmasi 10.04.2016-yil YHXG maskani 14. “Tuman telekommunikatsiya bogʻlamasi” MChJ 11.04.2016-yil YHXG maskani 15. Tumandagi barcha kasb-hunar kollejlar� 12.04 — 30.04.2016-yil YHXG maskani 16. Oʻrmon xoʻjaligi 14.04.2016-yil YHXG maskani 17. “Forish” shirkat xoʻjaligi 17.04.2016-yil Xoʻjalik avtogaraji 18. “Forish-Qoʻlba” xususiy firmasi 20.04.2016-yil YHXG maskani 19. 11-MKK MChJ 22.04.2016-yil Xoʻjalik avtogaraji 20. “Karbonat” HJ 26.04.2016-yil Jamiyat avtogaraji 21. Maishiy xizmat QXK 28.04.2016-yil YHXG maskani 22. 1-Avtokorxona Uchquloch koni 05.05.2016-yil Korxona avtogaraji 23. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari 15.02.2016 — 31.08.2016-yilgacha YHXG maskani
Eslatma: korxona va tashkilotlar rahbarlari majburiy texnik koʻrigini oʻtkazishda 10 kun oldin transport vositalarining umumiy roʻyxatini YHXGga berishlari, hisobdan chiqarilgan va sotilgan transport vositalarini Viloyat IIB YXHB RIB dan hisobdan chiqarishlari va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan toʻliq oʻtishini taʼminlashlari shart. Bundan tashqari, har bir transport vositasi uchun toʻlanadigan toʻlov mablagʻi tegishli hisob raqamlariga oʻtkazilishi lozim boʻladi.
Shaxsiy transport vositalari egalari har kuni soat 9-00 dan 18-00 gacha transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun Forish tuman IIB YHXG binosiga kelishlari mumkin.
