Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (90-son)
15.02.2016
Jizzax viloyati Zafarobod tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 16-son, 197-modda) 17-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) muvofiq, transport vositalarining 2016-yilgi texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashning Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda, oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
4. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
5. Mazkur qarorning 4-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarning texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda;
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 15-fevraldan — 31-avgustga qadar oʻtkazilsin.
6. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi (A. Doʻstbekov)ga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash vazifasi yuklatilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
9. Tuman ichki ishlar boʻlimi (O. Allayorov) majburiy texnik koʻrik yakuni toʻgʻrisida tuman hokimligiga axborot taqdim etsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari V. Sultonov zimmasiga, ijrosini tashkil etish tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi O. Allayorov zimmasiga yuklatilsin.
11. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim v.b Q. RIZAYEV
Zafarobod t.,
2016-yil 15-fevral,
90-son
Tuman hokimining 2016-yil 15-fevraldagi 90-sonli qaroriga 1-ILOVA
Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi
TARKIBI
Tuman hokimining 2016-yil 15-fevraldagi 90-sonli qaroriga 2-ILOVA
Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
jadvali
T/r Tashkilot, korxona va xoʻjaliklar nomi Oʻtkaziladigan sanasi Oʻtkaziladigan joyi 1. Fermer xoʻjaliklari 04.04-25.04.2016-y. Tuman IIB YHXG 2. S. Sindarov SIU 05.04.2016-y. Avtogaraji 3. Mustaqillik SIU 06.04.2016-y. Avtogaraji 4. Beruniy SIU 07.04.2016-y. Avtogaraji 5. F. Xoʻjayev SIU 08.04.2016-y. Avtogaraji 6. S. Raximov SIU 09.04.2016-y. Avtogaraji 7. Oxunboboyev SIU 10.04.2016-y. Avtogaraji 8. X. Olimjon SIU 12.04.2016-y. Avtogaraji 9. Xojaxmet SIU 13.04.2016-y. Avtogaraji 10. MTP OAJ 15.04.2016-y. Avtogaraji 11. Zafarobod tuman YXTFPK 17.04.2016-y. Avtogaraji 12. Markaziy kasalxona 19.04.2016-y. Avtogaraji 13. Tuman DSENM 19.04.2016-y. Avtogaraji 14. MKT Vatanparvar tashkiloti 21.04.2016-y. Avtogaraji 15. Tuman kollejlari 23.04.2016-y. Avtogaraji 16. Paxta tozalash korxonasi 25.04.2016-y. Avtogaraji 17. Tuman Qishloqxoʻjalikkimyo 26.04.2016-y. Avtogaraji 18. UYa 64/73 01.05.2016-y. Avtogaraji 19. UYa 64/78 02.05.2016-y. Avtogaraji 20. Tuman XTMFMT va TE boʻlimi 04.05.2016-y. Tuman IIB YHXG 21. Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi 05.05.2016-y. Tuman IIB YHXG 22. Tuman Soliq inspeksiyasi 06.05.2016-y. Avtogaraji 23. Tuman hokimligi 07.05.2016-y. Avtogaraji 24. Tuman prokuraturasi 08.05.2016-y. Tuman IIB YHXG 25. Don qabul qilish korxonasi 11.05.2016-y. Avtogaraji
