Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida (PQ-2515-son)
07.04.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mamlakatimizning eksport salohiyatidan yanada toʻliq va samarali foydalanish, jahon bozorlarini marketing jihatdan chuqur tadqiq qilish asosida tashqi bozorlarda xaridorgir boʻlgan raqobatdosh yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yetkazib berish hajmlari va turlarini koʻpaytirish, shuningdek mahsulotlarni eksportga chiqarishning zamonaviy talablarga mos savdo-logistika infratuzilmasini jadal rivojlantirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Fermerlar kengashi va boshqa manfaatdor tuzilmalarning “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK tarkibida yangi va qayta ishlangan meva- sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasi faoliyatining asosiy vazifa va yoʻnalishlari etib belgilansin:
meva-sabzavot mahsulotlarining jahon va mintaqaviy bozorlari konyunkturasini marketing jihatdan chuqur tadqiq qilish, mamlakatimizning yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportga chiqarilishini taʼminlash, ularni sotish uchun yangi bozorlarni izlash va oʻzlashtirish;
Oʻzbekistonda yetishtiriladigan oʻziga xos sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlariga tashqi bozorlardagi talab va takliflarni tizimli asosda oʻrganish va shuning asosida ushbu ekinlarni joylashtirish hamda fermer va dehqon xoʻjaliklari tomonidan yetishtirish, tayyor raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
ishonchli xorijiy xaridorlar bilan doimiy aloqa oʻrnatish, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot eksport qilish boʻyicha ular bilan uzoq muddatli va qisqa muddatli shartnomalar tuzish;
Oʻzbekiston Respublikasida har yili Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini eksport shartnomalari tuzilgan holda oʻtkazilishini tashkillashtirish hamda tomonlarning shartnomaviy majburiyatlari toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
xorijiy investorlarning keng koʻlamli ishtirokida kompaniyaga kiruvchi korxona va tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun maxsus sabzavot omborlari va sovutish qurilmalarini barpo etish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash, ilgʻor xorijiy texnologiyalar va dizayndan foydalangan holda zamonaviy tara-qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish;
yetishtirilgan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga chiqarish boʻyicha zamonaviy logistika tizimini keng joriy etish, mahsulotni xalqaro talablar va standartlarga mos keladigan holda saralash, kalibrlash va qadoqlash yoʻli bilan eksportga chiqarishdan oldin tayyorlashni tashkillashtirish;
meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga chiqarishning zamonaviy usullarini egallagan hamda ushbu mahsulotga boʻlgan talabni va sotish bozorlarini oʻrganishga ixtisoslashgan menejer hamda mutaxassislarni tanlash va tarbiyalashni taʼminlash.
3. “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi va “Oʻztadbirkoreksport” AJ muassislarining:
1-ilovaga* muvofiq savdo-xarid bazalari, sovutish omborlari va savdo uylarini “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi tarkibidan;
2-ilovaga* muvofiq savdo-xarid bazalari va sovutish omborlarini “Oʻztadbirkoreksport” AJ tarkibidan “Oʻzagroeksport” kompaniyasi tarkibiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
4. “Oʻzagroeksport” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh.M. Mirziyoyev) “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda puxta tanlov asosida “Oʻzagroeksport” kompaniyasining ijro etuvchi apparatini tasdiqlangan tuzilma va shtat jadvaliga muvofiq zamonaviy menejment va marketing usullarini egallagan yuqori malakali mutaxassislar bilan butlasin.
7. Oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni eksport qiluvchi korxonalar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va yengilliklari “Oʻzagroeksport” kompaniyasiga hamda uning tarkibiga kirgan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi korxona va tashkilotlarga tatbiq qilinsin.
8. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Adliya vazirligi bir oy muddatda:
“Oʻzagroeksport” kompaniyasining ustav jamgʻarmasini uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar, shuningdek davlatning ishtirokida yangidan tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarning ustav jamgʻarmalaridagi davlat aktivlari va aksiyalari paketlari (ulushlari)ning balans (nominal) qiymati hisobidan shakllantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
“Oʻzagroeksport” kompaniyasi muassislarining umumiy yigʻilishini oʻtkazsinlar, uning Ustavi va boshqa taʼsis hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlasinlar, kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini tashkil etsinlar.
“Oʻzagroeksport” kompaniyasiga “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan kelishilgan holda olingan mablagʻlarni kompaniyaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yoʻnaltirish sharti bilan qoʻshimcha aksiyalar chiqarishga ruxsat berilsin.
“Oʻzagroeksport” kompaniyasi emission qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatiga olish uchun hamda qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
9. “Oʻzagroeksport” kompaniyasining ijro etuvchi apparati Toshkent shahri, Beruniy koʻchasi, 41-uyga joylashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzagroeksport” kompaniyasini zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan taʼminlashga koʻmaklashsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 7-aprel,
PQ-2515-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi tarkibidan “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tarkibiga oʻtkaziladigan korxonalar
Roʻyxati
I. Yangi meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, kalibrlash va navlarga ajratish boʻyicha savdo-xarid bazalari va muzlatish saqlov joylari Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. “Karakalpakgoshtsut-savdo” AJ 2. “Toʻrtkoʻl-universal” MCHJ Andijon viloyati 3. “Andijon USICH” MCHJ 4. “Andijon xoʻjalik va madaniy mollari” MCHJ Buxoro viloyati 5. “Bakaleya” MCHJ 6. “Buxoro oziq-ovqat” MCHJ Jizzax viloyati 7. “Mannon ota” MCHJ 8. “Forishulgurjisavdoinvest” MCHJ 9. “Sohibqiron saltanati” MCHJ Qashqadaryo viloyati 10. “Qashqadaryo oziq-ovqat mollari” MCHJ 11. “Koson savdo” MCHJ 12. “Kitob savdo” MCHJ Navoiy viloyati 13. “Navoiy Fud Invest” MCHJ Namangan viloyati 14. “Oziq-ovqat isteʼmol mollari” MCHJ 15. “Safo savdo invest” MCHJ Toshkent viloyati 16. “Olmaliq goʻsht sut savdo” MCHJ 17. “Yangiyoʻlulgurjisavdobaza” MCHJ Fargʻona viloyati 18. “Kirgulisavdo” MCHJ 19. “Rishtonsavdoinvest” MCHJ Xorazm viloyati 20. “Xorazmulgurjisavdoinvest” MCHJ II. Savdo-logistika markazlari Andijon viloyati 21. Asaka tumani “Ulgurji baza” MCHJ Qashqadaryo viloyati 22. “Kiyim” MCHJ Surxondaryo viloyati 23. “Surxonmevasabzavotlari” MCHJ III. Xorijdagi savdo uyi 24. “Torgoviy dom “Marka Fud Tashkent” MCHJ (Rossiya) IV. Boshqa tashkilotlar 25. “Xalq oziqa mollari koʻrgazma yarmarka savdosi respublika markazi” AJ
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻztadbirkoreksport” AJ tarkibidan “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tarkibiga oʻtkaziladigan korxonalar
ROʻYXATI
I. Yangi meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, kalibrlash va navlarga ajratish boʻyicha savdo-xarid bazalari va muzlatish saqlov joylari Andijon viloyati 1. “Inter Agro Fresh Andijan” MCHJ Jizzax viloyati 2. “Markaz Baraka” MCHJ Qashqadaryo viloyati 3. “Sevaz Androniks” MCHJ Navoiy viloyati 4. “Agrofresh” MCHJ QK Surxondaryo viloyati 5. “Surxon meva invest” MCHJ Toshkent viloyati 6. “Inter Agro Fresh Parkent” MCHJ Fargʻona viloyati 7. “Inter Agro Fresh Kokand” MCHJ
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzagroeksport AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar
ROʻYXAT
I. Yangi meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, kalibrlash va navlarga ajratish boʻyicha savdo-xarid bazalari va muzlatish saqlov joylari Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. “Alfarbek invest” MCHJ 2. “Karakalpakgoshtsut-savdo” AJ* 3. “Toʻrtkoʻl-universal” MCHJ Andijon viloyati 4. “Anor Agrofirmasi” MCHJ 5. “Andijon USICH” MCHJ* 6. “Andijon xoʻjalik va madaniy mollari” MCHJ* 7. “Inter Agro Fresh Andijan” MCHJ Buxoro viloyati 8. “Fayzullo Ruxsat bogʻlari” XK 9. “Bakaleya”MCHJ 10. “Buxoro oziq-ovqat” MCHJ Jizzax viloyati 11. “Erkin” MCHJ 12. “Mannon ota” MCHJ 13. “Forishulgurjisavdoinvest” MCHJ 14. “Sohibqiron saltanati” MCHJ 15. “Markaz Baraka” MCHJ Qashqadaryo viloyati 16. “Qashqadaryo oziq-ovqat mollari” MCHJ* 17. “Koson savdo” MCHJ* 18. “Kitob savdo” MCHJ* 19. “Sevaz Androniks” MCHJ Navoiy viloyati 20. “Navoiymevasabzavot” MCHJ 21. “Navoiy Fud Invest” MCHJ 22. “Agrofresh” MCHJ QK Namangan viloyati 23. “Gold Fresh Fruits” MCHJ 24. “Turon agro fresh” MCHJ 25. “Nanay Tiklanish Bogʻboni” agrofirmasi 26. “Oziq-ovqat isteʼmol mollari” MCHJ 27. “Safo savdo invest” MCHJ Samarqand viloyati 28. “Marokand meva sabzavot” XF 29. “Siyob Shavkat Orzu” XK Surxondaryo viloyati 30. “UNIGREEN” MCHJ 31. “Gold agro fresh” MCHJ 32. “Surxon meva invest” MCHJ Sirdaryo viloyati 33. “Azamat Nuriddin hamkor” XK Toshkent viloyati 34. “Green Oriental Products” MCHJ 35. “Saltanat mevalari” MCHJ 36. “Gold Fresh Nerbs” MCHJ 37. “Olmaliq goʻsht sut savdo” MCHJ* 38. “Yangiyoʻlulgurjisavdobaza” MCHJ 39. “Inter Agro Fresh Parkent” MCHJ Fargʻona viloyati 40. “BOYAZID OLTIARIQ XOLDING” XK 41. “Inter Agro Frozen Kokand” MCHJ 42. “Kirgulisavdo” MCHJ 43. “Rishtonsavdoinvest” MCHJ 44. “Inter Agro Fresh Kokand” MCHJ Xorazm viloyati 45. “Baxt harakat mevasi” MCHJ 46. “Xorazmulgurjisavdoinvest” MCHJ Toshkent shahri 47. “SUNNY FRUIT PRODUCTION” MCHJ II. Savdo-logistika markazlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Savdo-logistika markazlari** Andijon viloyati 2. Asaka tumani”Ulgurji baza” MCHJ Buxoro viloyati 3. Savdo-logistika markazlari** Jizzax viloyati 4. Savdo-logistika markazlari** Qashqadaryo viloyati 5. “Kiyim”MCHJ Navoiy viloyati 6. Savdo-logistika markazlari** Namangan viloyati 7. Savdo-logistika markazlari** Samarqand viloyati 8. Savdo-logistika markazlari** Surxondaryo viloyati 9. “Surxonmevasabzavotlari” MCHJ Sirdaryo viloyati 10. Savdo-logistika markazlari** Toshkent viloyati 11. Savdo-logistika markazlari** Fargʻona viloyati 12. Savdo-logistika markazlari** Xorazm viloyati 13. Savdo-logistika markazlari** Toshkent shahri 14. “GOLD DRIED FRUITS” MCHJ III. Qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari Qashqadaryo viloyati 1. “Kitob agro plast” MCHJ Namangan viloyati 2. “Namangan rezana plast” SHK Samarqand viloyati 3. “Oxalik Oltin Bogʻi” MCHJ 4. “Agrofrut standart” MCHJ Toshkent viloyati 5. “BRIKET PLUS” MCHJ 6. “Gofra tara biznes” MCHJ Fargʻona viloyati 7. “Evroprint” MCHJ Toshkent shahri 8. “Ravshan Yodik Production” MCHJ IV. Xorijdagi savdo uylari 1. “Dari Vostoka” SU MCHJ (Rossiya) 2. “Agro Treyd Irkutsk” SU MCHJ (Rossiya) 3. “Ist Fruts” SU MCHJ (Rossiya) 4. “Torgoviy dom “Marka Fud Tashkent” MCHJ (Rossiya) V. Boshqa korxonalar 1. “Xalq oziqa mollari koʻrgazma yarmarka savdosi respublika markazi”* AJ 2. “Oziq-ovqat laboratoriyasi” sifat menejmenti va standartlashtirish tizimi markazi** 3. Ixtisoslashtirilgan transport-logistika korxonasi**
Izoh:
* korxonaning ustav fondidagi davlat ulushi “Oʻzagroeksport” AJ ustav fondiga davlat ulushi sifatida topshiriladi;
** yangidan tuzilgan korxonalar.
