4-modda. Parlament nazorati obyekti
Parlament nazorati toʻgʻrisida (O‘RQ-403-son) · Sana: 11.04.2016 · Amalda
Davlat organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining (bundan buyon matnda Oliy Majlis palatalari deb yuritiladi) va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini ijro etish, shuningdek oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish boʻyicha faoliyati parlament nazorati obyektidir.
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyat parlament nazoratining obyekti boʻlishi mumkin emas.
