23-modda. Parlament nazorati subyektlarining majburiyatlari
Parlament nazorati toʻgʻrisida (O‘RQ-403-son) · Sana: 11.04.2016 · Amalda
Parlament nazoratini amalga oshirishda parlament nazorati subyektlari:
davlat organlarini hamda ularning mansabdor shaxslarini parlament nazoratini oʻtkazish bilan bogʻliq zarur hujjatlar bilan tanishtirishi;
davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashmasligi;
davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning faoliyat koʻrsatishi uchun toʻsiqlarni yuzaga keltirmasligi;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi shart.
Parlament nazorati subyektlarining zimmasida qonunga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
