Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida (107-son)
02.03.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
4-bandning oltinchi xatboshi “shuningdek, terrorchilar harakat qilayotgan zonada joylashgan alohida muhim, kategoriyalangan va boshqa obyektlarning barqaror ishlashini, terrorchilik harakatlari oqibatlarining tugatilishini” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
6-bandning ikkinchi xatboshi “halokatlar” soʻzidan soʻng “terrorchilik harakatlari” soʻzlari qoʻshilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 2-mart,
107-son
