Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2775-son)
07.04.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 7-aprelda 2775-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 3-mart,
10-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 3-mart,
2016-06-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 3-martdagi 10, 2016-06-son qaroriga 1-ILOVA
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 228-moddasiga muvofiq nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining (bundan buyon matnda QQS deb yuritiladi) ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish, qaytarilishi lozim boʻlgan ortiqcha summani aniqlash va mablagʻlarni soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda QQSning ortiqcha summasi deganda hisoblab chiqarilgan soliq summasidan nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan oborotda foydalaniladigan, haqiqatda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) hisobga olinadigan, toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) QQS summasining ortishi tushuniladi.
2. QQSning ortiqcha summasi soliq toʻlovchiga quyidagi ketma-ketlikda qaytariladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 207-moddasiga asosan toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasi (Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan taqdim qilingan ishlar va xizmatlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasi) qoplanadi;
soliq toʻlovchining boshqa soliqlar boʻyicha mavjud soliq qarzi qoplanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 228-moddasiga muvofiq soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkaziladi.
3. QQSning ortiqcha summasini Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 207-moddasiga muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasini, shuningdek boshqa soliqlar boʻyicha qarzdorlikni qoplash hisobiga qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 56-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4. Ushbu Nizomning 3-bandiga muvofiq boshqa soliqlar boʻyicha qarzdorlikni qoplashdan keyin saqlanib qolingan QQSning ortiqcha summasi soliq toʻlovchining arizasiga asosan uning bankdagi hisobvaragʻiga qaytariladi.
QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish toʻgʻrisidagi ariza soliq toʻlovchi tomonidan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan QQSning ortiqcha summasi hosil boʻlgan hisobot davri tugaganidan keyin oʻn ikki oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim etilishi lozim.
QQSning ortiqcha summasini bank hisobvaragʻiga qaytarish toʻgʻrisida ariza belgilangan muddat tugagandan keyin taqdim qilingan taqdirda, QQSning ortiqcha summasi soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarilmaydi, balki ushbu Nizomning 3-bandiga asosan boshqa soliqlar boʻyicha qarzdorlikni qoplash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
5. Ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish, tegishli davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq toʻlovchining QQSning ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi arizasi olingan vaqtdan boshlab 7 ish kuni mobaynida bir yoʻla amalga oshiriladi.
2-bob. QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
6. QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish toʻgʻrisidagi ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga (bundan buyon matnda Davlat soliq qoʻmitasi deb yuritiladi) yozma tarzda bir nusxada yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda yuboriladi. Arizaga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda toʻldirilgan tovarlarni eksport qilinganligi va valyuta tushganligi toʻgʻrisida maʼlumot ilova qilinadi.
Quyidagi hollarda qoʻshimcha ravishda:
tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi boʻyicha realizatsiya qilinganda — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 213-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar;
yoʻlovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yoʻnalishda tashish boʻyicha xizmatlar realizatsiya qilinganda — mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda toʻldirilgan yoʻlovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yoʻnalishda tashish boʻyicha yagona xalqaro tashish hujjatlari reyestri;
xalqaro toʻlov tizimi orqali toʻlangan holda butunjahon Internet tarmogʻi orqali bitta invoys boʻyicha 5 ming AQSh dollarigacha tovar (xizmat)lar eksport qilinganda – invoys bir nusxada arizaga ilova qilinadi.
8. Soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga QQSning ortiqcha summasini qaytarish uchun, nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan, haqiqatda realizatsiya qilingan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) kelib chiqqan holda, chet el valyutasida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha esa, nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan haqiqatda realizatsiya qilingan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) va chet el valyutasida kelib tushgan tushumdan kelib chiqqan holda hisobga olinadigan QQSning summasidan kelib chiqqan holda qaytariladigan QQSning ortiqcha summasining eng yuqori summasi hisoblab chiqiladi.
Arizada koʻrsatilgan, bankdagi hisobvaraqqa qaytarilishi lozim boʻlgan QQSning ortiqcha summasining asosliligini tasdiqlash uchun soliq toʻlovchi Davlat soliq qoʻmitasiga bir nusxada ushbu Nizomning 4 yoki 5-ilovalariga muvofiq shaklda soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarilishi lozim boʻlgan QQSning ortiqcha summasi boʻyicha hisob-kitobni (hisob-kitobni toʻldirish boʻyicha shartli misol ushbu Nizomning 4a va 4b-ilovalarida keltirilgan) taqdim etadi.
10. Hujjatlar toʻplami olinganidan keyin Davlat soliq qoʻmitasi QQS boʻyicha nol darajali stavkani qoʻllashning asosliligini, ushbu Nizomning 6 — 8-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligi va ishonchliligini tekshiradi.
13. Davlat soliq qoʻmitasi ariza olingan kundan boshlab 6 ish kunidan kechiktirmasdan mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda QQSning ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi xulosani (bundan buyon matnda xulosa deb yuritiladi) rasmiylashtiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan xulosaning asl nusxasi yoki elektron shakli Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga (bundan buyon matnda Gʻaznachilik deb yuritiladi) Yagona gʻazna hisobvaragʻidan (bundan buyon matnda YaGʻH deb yuritiladi) soliq toʻlovchining bank xisobvaragʻiga toʻlovni amalga oshirish uchun yuboriladi.
Gʻaznachilik xulosani olgan kundan soʻng bir ish kunidan kechiktirmasdan YaGʻHdan soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga QQSning ortiqcha summasi toʻlovini amalga oshiradi.
14. Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan xulosa va unga ilova qilinadigan hujjatlarning taqdim etilishi feldyegerlik xizmatlari boʻlinmalari yoki Gʻaznachilik va Davlat soliq qoʻmitasi oʻrtasidagi elektron axborot almashinuvi orqali amalga oshiriladi.
3-bob. QQSning ortiqcha summasini qaytarishni rad etish
16. Davlat soliq qoʻmitasi quyidagi holatlarda QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarishni rad etish toʻgʻrisida qaror (bundan buyon matnda rad etish toʻgʻrisida qaror deb yuritiladi) qabul qilishga haqli:
soliq toʻlovchining Davlat soliq qoʻmitasiga hujjatlar toʻplami topshirilgan kun holatiga soliqlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan holatda;
hisobga olinadigan QQS summasi notoʻgʻri aniqlanganda, shu jumladan hisobga olinadigan QQS summasiga tuzatish kiritilmaganda, shuningdek qaytarilishi lozim boʻlgan QQSning ortiqcha summasining eng yuqori summasi notoʻgʻri aniqlanganda;
hujjatlar toʻplami toʻliq boʻlmagan yoki hujjatlarni ushbu Nizomning 6 va 8-bandlarida koʻrsatilgan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilib taqdim qilinganda yoxud taqdim etilgan hisob-kitoblar Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidagi maʼlumotlar bilan muvofiq boʻlmaganda, bundan mazkur tizimga maʼlumotlarni kiritmasdan tovar (xizmat)larni eksport qilish hollari mustasno.
17. Rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda soliq toʻlovchiga rad etish sabablari va asoslari koʻrsatilgan holda yozma xabarnoma (bundan buyon matnda rad etish toʻgʻrisida xabarnoma deb yuritiladi) taqdim etilishi lozim.
19. Soliq toʻlovchiga rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birgalikda hujjatlar toʻplamining asl nusxalari qaytariladi.
Xatoliklar aniqlangan hujjatlarning koʻchirma nusxalari Davlat soliq qoʻmitasida qoladi.
4-bob. Nazorat va javobgarlik
20. Gʻaznachilik YaGʻHdan QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazganidan soʻng gʻaznachilik ushbu toʻgʻrisida Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlar bazalarining oʻzaro elektron aloqasi yoʻli orqali Davlat soliq qoʻmitasini xabardor qiladi.
21. Davlat soliq xizmati organlari soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkalariga QQS xabarnomalarda koʻrsatilgan summalarga kamaytirilganligi toʻgʻrisida yozuvlar kiritadi.
22. Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchilarni qaytarilishi lozim boʻlgan QQSning ortiqcha summasini toʻgʻri hisoblanganligi masalasi yuzasidan soliq nazoratini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
QQSning ortiqcha summasi ortiqcha qaytarilganligi dalillari aniqlangan taqdirda soliq toʻlovchidan haqiqatda qaytarishning hisob-kitob qilingan va aniqlangan summalari oʻrtasidagi farq olib qoʻyiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining daromadiga, budjet tizimi budjetlari daromadlar tasnifining 3 450 721 “Respublika budjeti xarajatlarini qoplash” kodiga yoʻnaltiriladi, aybdor mansabdor shaxslar esa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Soliq toʻlovchilarning oʻzlari tomonidan qayta hisob-kitoblar taqdim etishi natijasida ortiqcha qaytarish summasi olinganligi dalillari aniqlangan taqdirda, Davlat soliq qoʻmitasi yozma ravishda xabardor etish bilan birga, haqiqatda qaytarishning hisob-kitob qilingan va aniqlangan summalari oʻrtasidagi farq Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining daromadiga, budjet tizimi budjetlari daromadlar tasnifining 3 450 721 “Respublika budjeti xarajatlarini qoplash” kodiga yoʻnaltiriladi. Soliq toʻlovchining yozma bildirishnomasi va unga ilova qilingan toʻlov topshiriqnomasining koʻchirma nusxalari davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkasiga tegishli yozuvlarni qayd qilishga asos boʻlib xizmat qiladi.
23. Taqdim etilayotgan hisob-kitoblar, birlamchi hujjatlar va boshqa materiallar, shuningdek ularning koʻchirma nusxalarini ishonchliligi va asosliligi, toʻlov hujjatlarining toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi, ularni toʻlashga oʻz vaqtida taqdim etilishi, maqsadli toʻlov boʻyicha mablagʻlarni oʻtkazish va qayd etish uchun shaxsan javobgarlik soliq toʻlovchilarning rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari (yoki zimmasiga buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy boshqarish vazifalari yuklangan boshqa shaxs) zimmasiga yuklanadi.
24. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan Xulosani oʻz vaqtida va toʻgʻri taqdim qilinishi boʻyicha javobgarlik tegishli davlat soliq xizmati organlarining rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
25. Xulosada koʻrsatilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻtkazilishi, shuningdek hujjatlar toʻplamini oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi uchun javobgarlik Davlat soliq qoʻmitasining tegishli mansabdor shaxslari zimmasiga yuklanadi.
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summani soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytariladigan QQSning ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisida
ARIZA
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summani soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Tovarlarni eksport qilinganligi va valyuta kelib tushganligi toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
_________________________________________________________________ STIR korxona nomi hujjat taqdim etilayotgan davr T/r Chet el hamkori nomi Vositachi nomi Shartnoma raqami, sanasi va summasi Davr boshiga qoldiq Joʻnatilgan tovarlar Valyuta tushumi Chet el hamkorga qaytarilgan mablagʻ Boshqa holatlar (korxona foy�asiga olingan va x.k) Davr oxiriga qoldiq Izox debet kredit Bojxona yuk deklaratsiyasi sana chet valyutasidagi summa Valyuta kursi Milliy valyutadagi summa bank komissiya summasi sana chet el valyutasidagi summa sana chet el valyutasidagi summa debet kredit BYuD raqami (blank raqami) sana BYuDning roʻyxat raqami tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami valyuta turi chet el valyutasidagi summa valyuta kursi milliy valyutada 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 19-apreldagi 53 va 2019-29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2775-2, 27.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2019-y., 10/19/2775-2/3188-son)
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisida nizomga 4-ILOVA
Izoh:
1) 010 va 020-satrlarda 3 — 6 ustunlarida QQS hisob-kitobiga 4-sonli ilovaning tegishli koʻrsatkichlari koʻrsatiladi, 7 — 10-ustunlarda QQS hisob-kitobiga 6-ilovaning 010 — 070-satrlarining tegishli koʻrsatkichlari koʻrsatiladi;
2) 050-satr boʻyicha QQS hisob-kitobiga 2-sonli ilovadagi QQS summasi koʻrsatiladi: 4-ustunda 050-satrdan, 6-ustunda 0501-satrdan, 8-ustunda 0502-satrdan, 10-ustunda 05031-satrdan;
3) 060-satr boʻyicha:
9-ustunda QQS hisob-kitobiga 3-sonli ilovaning 021-satr boʻyicha 3-ustunning qiymati koʻrsatiladi;
10-ustunda QQS hisob-kitobiga 3-sonli ilovaning 050-satrdagi QQS summasi koʻrsatiladi;
4) 090-satr boʻyicha:
14-ustunda:
agarda (2-ust.+4-ust.) 101-ustun qiymatidan kichik yoki teng boʻlsa: 101-ust. + 11-ust. + 12 ust. + 13 ust.
agarda (2-ust.+ 4-ust.) 101-ustun qiymatidan katta boʻlsa: ( 2-ust. + 4-ust.) + 11-ust. + 12 ust. + 13 ust.
16-ustunda:
agarda (2-ust. + 4-ust.) qiymati 101-ust. qiymatidan kichik yoki teng boʻlsa: (2 ust. + 4 ust.) — 101-ust.
agarda (2-ust. + 4-ust.) qiymati 101-ust. qiymatidan katta boʻlsa: 16-ust. toʻldirilmaydi.
* — avvalgi soliq davrining 16-ustunidan koʻchiriladi.
Nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan ortiqcha summaning miqdori kamaygan taqdirda, soliq toʻlovchi korxonaning bank hisobvaragʻiga qaytariladigan ortiqcha summaning tuzatish kiritilgan hisob-kitobini taqdim etadi.
Nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan ortiqcha summaning miqdori koʻpaygan taqdirda, soliq toʻlovchi oʻtgan soliq davri uchun Arizadan tashqari mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplamini taqdim etadi.
5) agarda yuklab joʻnatilgan tovar uchun chet el valyutasidagi tushum turli chet el valyutalarida amalga oshirilayotgan boʻlsa, yuklab joʻnatish amalga oshirilgan oyning soʻnggi kunidagi chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada (soʻmda) qayta hisoblab chiqishning hisob-kitobi mazkur Hisob-kitobning ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.
Soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytariladigan QQS ortiqcha summasining hisob-kitobiga ILOVA
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 19-apreldagi 53 va 2019-29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2775-2, 27.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2019-y., 10/19/2775-2/3188-son)
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisida nizomga 4a-ILOVA
Izoh:
1) 010 va 020-satrlarda 3 — 6 ustunlarida QQS hisob-kitobiga 4-sonli ilovaning tegishli koʻrsatkichlari koʻrsatiladi, 7 — 10-ustunlarda QQS hisob-kitobiga 6-ilovaning 010 — 070-satrlarining tegishli koʻrsatkichlari koʻrsatiladi;
2) 050-satr boʻyicha QQS hisob-kitobiga 2-sonli ilovadagi QQS summasi koʻrsatiladi: 4-ustunda 050-satrdan, 6-ustunda 0501-satrdan, 8-ustunda 0502-satrdan, 10-ustunda 05031-satrdan;
3) 060-satr boʻyicha:
9-ustunda QQS hisob-kitobiga 3-sonli ilovaning 021-satr boʻyicha 3-ustunning qiymati koʻrsatiladi;
10-ustunda QQS hisob-kitobiga 3-sonli ilovaning 050-satrdagi QQS summasi koʻrsatiladi;
4) 090-satr boʻyicha:
14-ustunda:
agarda (2-ust.+4-ust.) 101-ustun qiymatidan kichik yoki teng boʻlsa: 101-ust. + 11-ust. + 12 ust. + 13 ust.
agarda (2-ust.+ 4-ust.) 101-ustun qiymatidan katta boʻlsa: ( 2-ust. + 4-ust.) + 11-ust. + 12 ust. + 13 ust.
16-ustunda:
agarda (2-ust. + 4-ust.) qiymati 101-ust. qiymatidan kichik yoki teng boʻlsa: (2 ust. + 4 ust.) — 101-ust.
agarda (2-ust. + 4-ust.) qiymati 101-ust. qiymatidan katta boʻlsa: 16-ust. toʻldirilmaydi.
* — avvalgi soliq davrining 16-ustunidan koʻchiriladi.
Nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan ortiqcha summaning miqdori kamaygan taqdirda, soliq toʻlovchi korxonaning bank hisobvaragʻiga qaytariladigan ortiqcha summaning tuzatish kiritilgan hisob-kitobini taqdim etadi.
Nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan ortiqcha summaning miqdori koʻpaygan taqdirda, soliq toʻlovchi oʻtgan soliq davri uchun Arizadan tashqari mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplamini taqdim etadi.
5) agarda yuklab joʻnatilgan tovar uchun chet el valyutasidagi tushum turli chet el valyutalarida amalga oshirilayotgan boʻlsa, yuklab joʻnatish amalga oshirilgan oyning soʻnggi kunidagi chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada (soʻmda) qayta hisoblab chiqishning hisob-kitobi mazkur Hisob-kitobning ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisida nizomga 4b-ILOVA
Izoh:
1) 010 va 020-satrlarda 3 — 6 ustunlarida QQS hisob-kitobiga 4-sonli ilovaning tegishli koʻrsatkichlari koʻrsatiladi, 7 — 10-ustunlarda QQS hisob-kitobiga 6-ilovaning 010 — 070-satrlarining tegishli koʻrsatkichlari koʻrsatiladi;
2) 050-satr boʻyicha QQS hisob-kitobiga 2-sonli ilovadagi QQS summasi koʻrsatiladi: 4-ustunda 050-satrdan, 6-ustunda 0501-satrdan, 8-ustunda 0502-satrdan, 10-ustunda 05031-satrdan;
3) 060-satr boʻyicha:
9-ustunda QQS hisob-kitobiga 3-sonli ilovaning 021-satr boʻyicha 3-ustunning qiymati koʻrsatiladi;
10-ustunda QQS hisob-kitobiga 3-sonli ilovaning 050-satrdagi QQS summasi koʻrsatiladi;
4) 090-satr boʻyicha:
14-ustunda:
agarda (2-ust.+4-ust.) 101-ustun qiymatidan kichik yoki teng boʻlsa: 101-ust. + 11-ust. + 12 ust. + 13 ust.
agarda (2-ust.+ 4-ust.) 101-ustun qiymatidan katta boʻlsa: ( 2-ust. + 4-ust.) + 11-ust. + 12 ust. + 13 ust.
16-ustunda:
agarda (2-ust. + 4-ust.) qiymati 101-ust. qiymatidan kichik yoki teng boʻlsa: (2 ust. + 4 ust.) — 101-ust.
agarda (2-ust. + 4-ust.) qiymati 101-ust. qiymatidan katta boʻlsa: 16-ust. toʻldirilmaydi.
* — avvalgi soliq davrining 16-ustunidan koʻchiriladi.
Nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan ortiqcha summaning miqdori kamaygan taqdirda, soliq toʻlovchi korxonaning bank hisobvaragʻiga qaytariladigan ortiqcha summaning tuzatish kiritilgan hisob-kitobini taqdim etadi.
Nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan ortiqcha summaning miqdori koʻpaygan taqdirda, soliq toʻlovchi oʻtgan soliq davri uchun Arizadan tashqari mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplamini taqdim etadi.
5) agarda yuklab joʻnatilgan tovar uchun chet el valyutasidagi tushum turli chet el valyutalarida amalga oshirilayotgan boʻlsa, yuklab joʻnatish amalga oshirilgan oyning soʻnggi kunidagi chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada (soʻmda) qayta hisoblab chiqishning hisob-kitobi mazkur Hisob-kitobning ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisida nizomga 5-ILOVA
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 19-apreldagi 53 va 2019-29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2775-2, 27.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2019-y., 10/19/2775-2/3188-son)
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summani soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 19-apreldagi 53 va 2019-29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2775-2, 27.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2019-y., 10/19/2775-2/3188-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 3-martdagi 10, 2016-06-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 30-apreldagi 44, 2008-23-son “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1807, 2008-yil 16-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 180-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 8-yanvardagi 3, 2009-1-son “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1807-1, 2009-yil 15-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 3-son, 16-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 10-iyundagi 57, 2013-31-son “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1807-2, 2013-yil 21-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 25-son, 330-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 20-martdagi 21, 2014-11-son “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1807-3, 2014-yil 28-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 13-son, 151-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 8-iyundagi 51, 2015-18-son “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1807-4, 2015-yil 18-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 322-modda).
