Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari va ularning tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (79-son)
24.02.2016
Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2013-y., 16-son 197-modda) 17-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) muvofiq, transport vositalarining 2016-yilgi texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda, oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
4. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
5. Mazkur qarorning 4-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarning texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda;
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 23-fevraldan — 31-avgustga qadar oʻtkazilsin.
6. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi (A. Qoʻshmuradov)ga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash vazifasi yuklatilsin.
7. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
8. Tuman ichki ishlar boʻlimi (J. Xojanov) majburiy texnik koʻrik yakuni toʻgʻrisida tuman hokimligiga axborot taqdim etsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman, ijrosini tashkil etish tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi J. Xojanov zimmasiga yuklatilsin.
10. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim M. BOBOBEKOV
Mirzachoʻl t.,
2016-yil 24-fevral,
79-son
Tuman hokimining 2016-yil 24-fevraldagi 79-sonli qaroriga 1-ILOVA
Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi
TARKIBI
Tuman hokimining 2016-yil 24-fevraldagi 79-sonli qaroriga 2-ILOVA
Texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Korxona va tashkilotlar nomi Transport vositalari soni Texnik koʻrikdan oʻtkazish kuni Texnik koʻrikdan oʻtkazish joyi 1. Mirzachoʻl tuman hokimligi 3 01.03.2016-yil “Umid” avtotexservis MChJ 2. Gagarin oʻrmon tajriba stansiyasi 1 01.03.2016-yil “Umid” avtotexservis MChJ 3. “Doʻstlikneftbaza” Irjar filiali 1 01.03.2016-yil “Umid” avtotexservis MChJ 4. “Qishloqxoʻjalikkimyo” filiali 2 01.03.2016-yil “Umid” avtotexservis MChJ 5. Mirzachoʻl tuman YXTFPK 8 01.03.2016-yil Korxona garaji 6. Mirzachoʻldavsuvmaxsuspudrat 12 10.03.2016-yil Korxona garaji 7. DT “Xalq banki” Mirzachoʻl filiali 3 10.03.2016-yil “Umid” avtotexservis MChJ 8. MK “Vatanparvar” tashkiloti 5 10.03.2016-yil Tashkilot garaji 9. Tuman moliya boʻlimi 1 10.03.2016-yil “Umid” avtotexservis MChJ 10. Obodonlashtirish boshqarmasi 6 10.03.2016-yil “Umid” avtotexservis MChJ 11. Mirzachoʻl tuman tibbiyot birlashmasi 5 22.03.2016-yil Birlashma garaji 12. Tuman pochta boʻlimi 1 22.03.2016-yil “Umid” avtotexservis MChJ 13. Mirzachoʻl tuman elektrtarmoqlari korxonasi 1 22.03.2016-yil Korxona garaji 14. “Mirzachoʻltumangaz” filiali 3 22.03.2016-yil Korxona garaji 15. Mirzachoʻl qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji 3 22.03.2016-yil Kollej avtogaraji 16. Arnasoy suv ombori boshqarmasi 19 28.03.2016-yil Korxona garaji 17. “Mirzachoʻltrans” MChJ 19 05.04.2016-yil Korxona garaji 18. Tumandagi MChJ va xususiy korxonalar 14 11.04.2016-yil “Umid” avtotexservis MChJ 19. Mirzachoʻl qishloq xoʻjalik taʼminot taʼmirlash korxonasi 1 20.04.2016-yil “Umid” avtotexservis MChJ 20. Mirzachoʻl SIU 8 20.04.2016-yil “Umid” avtotexservis MChJ 21. Abay SIU 1 20.04.2016-yil “Umid” avtotexservis MChJ 22. Toshkent SIU 6 26.04.2016-yil “Umid” avtotexservis MChJ 23. Yangidala SIU 5 26.04.2016-yil “Umid” avtotexservis MChJ 24. Paxtazor SIU 15 10.05.2016-yil “Umid” avtotexservis MChJ 25. Oʻzbekiston SIU 2 25.05.2016-yil “Umid” avtotexservis MChJ 26. Turkiston SIU 3 05.06.2016-yil “Umid” avtotexservis MChJ 27. R.Xaydarov SIU 4 10.06.2016-yil “Umid” avtotexservis MChJ JAMI 152
