Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (280-son)
05.08.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Pul muomalasini yanada takomillashtirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish, bankdan tashqari muomalani qisqartirish va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari dasturi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
2. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishgan holda ulgurji va chakana savdoda, umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasida savdo va naqd tushumni topshirish qoidalariga rioya qilinishini rejadan tashqari tezkor tekshirishlarni amalga oshirish huquqi berilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari belgilangan savdo va naqd tushumni topshirish qoidalari buzilishining soliq organlari tomonidan aniqlangan hollari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qattiq choralar koʻrsinlar.
4. 2002-yil 1-oktabrdan boshlab mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarda mehnatga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki bir oy muddatda alohida yirik miqdordagi pul mablagʻlari muomalasi, shu jumladan naqd pul berilishi boʻyicha axborotlarni elektron ayirboshlash tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yuridik shaxslar va yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan belgilangan savdo qoidalariga soʻzsiz rioya etilishi taʼminlanishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar, bunda nazorat-kassa mashinalari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa mavjudligiga va naqd pul mablagʻlari qonunchilikda belgilangan tartibda inkassatsiya qilinishiga (banklarga topshirilishiga) alohida eʼtibor berilsin. Aybdor shaxslarga nisbatan jinoiy jazoga tortishgacha qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralari qoʻllanilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari Moliya vazirligi bilan birgalikda 2003-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent shahrida tajriba tarzida plastik kartochkalardan foydalanish yoʻli bilan ish haqi toʻlashga bosqichma-bosqich oʻtishni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda 2002-yil 1-oktabrgacha kredit plastik kartochkalarni muomalaga chiqarish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Tijorat banklari chakana savdo va xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda tovarlar va xizmatlarga haq toʻlash sifatida plastik debet kartochkalari qabul qilinishini taʼminlovchi terminallar tarmogʻini kengaytirsin.
11. Vazirlar Mahkamasi komplekslari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning firma doʻkonlari ochishi chora-tadbirlarini koʻrsin, ular aholi zich joylashgan tumanlarda, bozorlarda va ommaviy savdo qilinadigan boshqa joylarda joylashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda bankdan tashqari muomalani cheklash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning muhimligi va mazmunini, soliq haqidagi qonunlar buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi va soliq toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun jazoning muqarrarligini ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritsinlar.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
mazkur qaror qoidalaridan kelib chiqqan holda tegishli idoraviy normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga axborot berilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-avgust,
280-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-avgustdagi 280-son qaroriga ILOVA
Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari
DASTURI
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish shakli Bajarish muddatlari Masʼul bajaruvchilar I. Bankdan tashqari muomalaning manbalari va yoʻllarini aniqlash 1. Ishlab turgan korxonalarda ishlab chiqarish haqiqiy hajmlarining statistika va buxgalteriya hisoboti maʼlumotlariga, xomashyo va materiallar xarid qilish hajmlariga muvofiqligini oʻrganish Tekshirishlar, reydlarni tashkil etish, hisobotlarni aniqlashtirish 2002-yilning 15-sentabriga qadar, keyinchalik muntazam ravishda Davlat soliq qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Savdo shoxobchalarini ular belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganligi, nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlanganligi va ularning sozligi, inkassa bilan qamrab olinganligi va savdo tushumini toʻliq topshirish yuzasidan qisqa muddatli tekshirish Tekshirish materiallari, hisobotlarni aniqlashtirish Muntazam ravishda Davlat soliq qoʻmitasi, Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Markaziy bank, Qoraqalpogʻiston Respubli�asi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 3. Ishlab chiqarish, qurilish, savdo va xizmatlar sohasida yuridik shaxslar bilan xususiy tadbirkorlar oʻrtasida tuzilayotgan shartnomalar mazmuni va ularning bajarilishini oʻrganib chiqish, bunda narxlarning sunʼiy ravishda oshirilishi yoki pasaytirilishi hollariga, shuningdek soliq solishdan qochish maqsadida tovarlar harakati va ular uchun hisob-kitob qilishda qoʻllanilayotgan sxemalarga alohida eʼtiborni qaratish Tahliliy materiallar 2002-yilning 20-avgustiga qadar, keyinchalik muntazam ravishda Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti 4. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tushumni va daromad miqdorini yashirish, soliq solishdan qochish maqsadida yuridik shaxslarning yakka tartibdagi tadbirkorlarga aylantirilishi hollarini oʻrganish Aniq takliflar bilan birgalikda tahliliy maʼlumotnoma 2002-yilning 15-avgustiga qadar Davlat soliq qoʻmitasi, Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti II. Naqd pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalaga chiqib ketishining oldini olish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan toʻlovlar va hisob-kitoblar boʻyicha majburiyatlar bajarilishi mexanizmlarini ishlab chiqish 5. Tovar aylanmasining real hajmlarini aniqlagan holda muntazam ravishda nazorat tekshirishlari oʻtkazish va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd tushum toʻliq kirim qilinishini monitoringini olib borish Nazorat tekshirishlari dalolatnomalari Doimiy ravishda Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 6. Aniqlangan qoida buzishlar boʻyicha qattiq chora-tadbirlar koʻrgan holda chakana savdo, umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar sohasida savdo qoidalariga va naqd tushumni toʻliq topshirishga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlash Tekshirishlar, shu jumladan naqd tushumni inkassa qilish chogʻidagi tekshirishlar Doimiy ravishda Davlat soliq qoʻmitasi, Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 7. Eski modeldagi nazorat-kassa mashinalarini fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari bilan bosqichma-bosqich almashtirish Kompleks chora-tadbirlar 2003-yilning 1-iyuliga qadar Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 8. Alohida yirik miqdorlardagi pul mablagʻlari muomalasi, shu jumladan naqd pul berilishi boʻyicha axborotlarni elektron ayirboshlash tizimini ishlab chiqish va joriy etish Axborotlarni ayirboshlashning elektron tizimi 2002-yilning 1-sentabriga qadar Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, tijorat banklari 9. Transport xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni tartibga solish, ushbu sohada raqobat muhitini rivojlantirish, umumiy foydalanishdagi transportning yoʻnalishli liniyalarida chiptalar sotilishi ustidan nazoratni kuchaytirish Kompleks chora-tadbirlar 2002-yilning 1-oktabriga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Avtomobil va daryo transporti agentligi 11. Ommaviy axborot vositalari orqali bankdan tashqari muomalani cheklash, soliq haqidagi qonunlar buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi va soliq toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun jazoning muqarrarligi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning muhimligi va mazmunini tushuntirishga doir keng ishlar olib borish Chiqishlar, maqolalar, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar Muntazam ravishda Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi 12. Soliq haqidagi qonunlar buzilganligi uchun amaldagi moliyaviy jazolarni qayta koʻrib chiqish va yangi moliyaviy jazolar joriy etish, bunda quyidagilar uchun javobgarlikni kuchaytirish: jismoniy shaxslar tomonidan daromadlarning yashirilishi va pasaytirilishi; soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning soliq solinadigan bazasi pasaytirilishi; bankdagi hisob raqamlariga naqd pul mablagʻlari kiritilmasligi; chakana savdo va xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan nazorat-kassa mashinalari qoʻllanilmasligi Qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish loyihasi 2002-yilning 1-oktabriga qadar Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi III. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni ragʻbatlantirish va bank tizimiga pul mablagʻlarini jalb etish 13. Aholining pul mablagʻlari banklarga jalb etilishini ragʻbatlantirish, eng avvalo omonatlarning jalb etuvchanligini oshirish, yangi vositalarni joriy etish, aholi omonatlari oʻsganligi uchun banklarning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini qoʻllash yoʻli bilan oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni ragʻbatlantirish Tadbirlar Doimiy ravishda Markaziy bank, tijorat banklari 14. Aholining banklardagi omonatlarini kafolatlash jamgʻarmasini shakllantirish asosida aholining banklardagi omonatlarini kafolatlash tizimini joriy etish Kompleks chora-tadbirlar 2003-yilning 1-yanvariga qadar Markaziy bank, tijorat banklari 15. Bank omonatlarining mavjud turlari jalb etuvchanligi toʻgʻrisida keng koʻlamli reklamani amalga oshirish Chiqishlar, maqolalar, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar Doimiy ravishda “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi, tijorat banklari 16. Bank sirini taʼminlash institutini takomillashtirish, tijorat banklari tomonidan mijozlarning operatsiyalari va hisob raqamlari boʻyicha axborot taqdim etilishiga doir qatʼiy chegaralarni belgilash “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi 2003-yilning 1-yanvariga qadar Markaziy bank 17. Tijorat banklarining kredit plastik kartochkalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish Tadbirlar 2002-yilning 1-oktabriga qadar Markaziy bank, tijorat banklari 18. Toshkent shahrida plastik kartochkalardan foydalanish yoʻli bilan ish haqi, stipendiyalar va pensiyalar toʻlash yuzasidan tajriba oʻtkazish Tadbirlar 2003-yilning 1-yanvaridan boshlab Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari IV. Ulgurji va firma savdosi tizimini rivojlantirish 19. Xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi respublika korxonalarining firma chakana doʻkonlari shoxobchasini kengaytirish, ularni aholi �ich joylashgan tumanlarda, bozorlarda va ommaviy savdo qilinadigan boshqa joylarda joylashtirish Kompleks chora-tadbirlar 2003-yilning 1-yanvariga qadar Vazirlar Mahkamasining komplekslari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 20. Bozorlarda, turar joy mavzelarida va aholi uchun qulay boʻlgan maxsus ajratilgan boshqa joylarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkasini oʻtkazish yoʻli bilan naqd pul mablagʻlarining eng koʻp qaytishini taʼminlash, savdo tushumi belgilangan tartibda inkassa qilinishini tashkil etgan holda paxta yigʻim-terimi davrida koʻchma savdoni tashkil etish Tadbirlar 2002-yilning III-IV choraklari mobaynida “Oʻzbekbirlashuv”, “Oʻzbeksavdo” kompaniyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 21. Qonun hujjatlariga muvofiq narxlari deklaratsiyalanadigan mahsulotlar roʻyxatini maqbul ravishda qisqartirish. Monopolist korxonalar tomonidan real talab va taklifni hisobga olgan holda narxlarni deklaratsiyalash mexanizmini takomillashtirish Normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish loyihasi 2002-yilning 1-oktabriga qadar Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi V. Pul muomalasini takomillashtirish va soliq solish mexanizmini samaradorligini oshirish 22. Yirik xaridlarni sodir etish va belgilangan darajadan ortiqcha boshqa xarajatlar chogʻida jismoniy shaxslar tomonidan daromadlarni deklaratsiyalash va soliq toʻlash tizimini ishlab chiqish Hukumat qarori loyihasi 2002-yilning 1-dekabriga qadar Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi 23. Naqd tarzda sodir etiladigan toʻlovlarning eng yuqori darajasi miqdorini joriy etgan holda tijorat banklari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan birinchi talab boʻyicha oʻz hisob raqamlaridan naqd pul olinishiga cheklashlarni bekor qilish Hukumat qarori loyihasi 2003-yilning 1-yanvariga qadar Markaziy bank
