Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularning baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (103-son)
01.03.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2001-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga aylantirilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-yanvardagi 47-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning Pensiya jamgʻarmasiga badallar ajratishi tartibining va Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 9-iyuldagi 289-son qarori bilan tasdiqlangan Dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini ijtimoiy sugʻurtalash va ularning ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.
2001-yil 1-mart,
103-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqida” 1992-yil 6-apreldagi 170-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 4-son, 10-modda) 2-bandida “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi advokatlik birlashmalarida advokatlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 15-iyuldagi 250-son qarori 1-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
