Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2014-yilga moʻljallangan tadbirlar rejasi toʻgʻrisida (KQ-107-II-son)
27.12.2013
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2014-yilga moʻljallangan tadbirlar rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 27-dekabr,
KQ-107-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 27-dekabrdagi KQ-107-II-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2014-yilga moʻljallangan tadbirlar
REJASI
Birinchi chorak
“Zamonaviy biznes-taʼlim — iqtisodiy oʻsishning gʻoyat muhim omili: samaradorlik va yanada rivojlantirish” mavzuida davra suhbati (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda).
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzuida seminar (Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda, Senatning 2010-yil 30-dekabrdagi Kompleks harakat dasturining 5-bandiga muvofiq).
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining Mudofaa vazirligi hamda fuqarolik jamiyati institutlarining oʻzaro hamkorligini rivojlantirishdagi oʻrni va roli: amaliyot, tajriba va istiqbollar” mavzuida seminar (Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtida, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda).
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
“Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va chet el investitsiyalarini jalb qilishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalari” mavzuida davra suhbati (Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda).
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
“Sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalashning qonunchilik asoslari” mavzuida davra suhbati (Toshkent shahrida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq).
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
“Chorvachilikni rivojlantirishning qonunchilik asoslari: holati, muammolari va istiqbollari” mavzuida davra suhbati (Navoiy viloyatida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq).
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Ikkinchi chorak
“Tizimli va faol investitsiyaviy faoliyat: huquqiy asoslar va yanada rivojlantirish yoʻllari” mavzuida seminar (Qoraqalpogʻiston Respublikasida).
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
“Amnistiya akti qoʻllanilishi ustidan jamoatchilik nazoratining konstitutsiyaviy asoslari: amaliyot va samaradorlik” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) bilan birgalikda).
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
“Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish: qonunchilik va amaliyot” mavzuida davra suhbati (Namangan viloyatida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq).
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
“Parlament nazorati: xalqaro tajriba, milliy qonunchilik va qoʻllanish amaliyoti” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya (Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda).
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
“Chet tillarini oʻqitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllash” mavzuida konferensiya (Samarqand viloyatida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq).
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
“Atrof-muhitni muhofaza qilishni huquqiy jihatdan taʼminlash – inson salomatligining garovi” mavzuida davra suhbati (Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Ekologik harakati bilan birgalikda, 2014-yilning Sogʻlom bola yili deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan).
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Uchinchi chorak
“Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda moliya-bank institutlarining ishtiroki: qonunchilik, amaliyot va yanada takomillashtirish” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi bilan birgalikda).
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
“Xabeas korpus” institutini qoʻllash masalalari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish” mavzuida davra suhbati (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda).
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
“Fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlash va chaqirishning huquqiy asoslari: tajriba va istiqbollar” mavzuida seminar (Toshkent shahrida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq).
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
“Mamlakat xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni implementatsiya qilish boʻyicha ishlarni takomillashtirish hamda vazirliklar va idoralarning bu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirishni kuchaytirish masalalari” mavzuida seminar-trening (Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda).
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
“Muzeylarni rivojlantirishning huquqiy asoslari: holati va istiqbollari” mavzuida davra suhbati (Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda).
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
“Ipakchilikni rivojlantirishning huquqiy asoslari: muammolar va ularni hal qilish yoʻllari” mavzuida seminar (Toshkent davlat agrar universitetida).
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Toʻrtinchi chorak
“Mintaqalarda iqtisodiyotning holati: huquqiy asoslari va rivojlantirish yoʻllari” mavzuida davra suhbati (Fargʻona viloyatida, xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1 va 1.2-bandlariga muvofiq).
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
“Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish istiqbollari: amaliyot va samaradorlik” mavzuida seminar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bilan birgalikda).
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
“Globallashuv va xavfsizlik: globallashuv jarayonlarining yosh avlod maʼnaviyatiga salbiy taʼsirini bartaraf etish masalalari” mavzuida konferensiya (Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq, 2014-yilning Sogʻlom bola yili deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan).
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
“BMTning Ming yillik taraqqiyot maqsadlari va davlat hokimiyati organlarining bu sohadagi vazifalari” mavzuida konferensiya (Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi hamda BMTning Oʻzbekistondagi Taraqqiyot Dasturi vakolatxonasi bilan birgalikda, 2014-yilning Sogʻlom bola yili deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan).
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
“Ona va bola salomatligini muhofaza qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari — mamlakat farovonligi va taraqqiyotining gʻoyat muhim sharti” mavzuida seminar (Sirdaryo viloyatida, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq, 2014-yilning Sogʻlom bola yili deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan).
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
“Oʻzbekiston agrar tarmogʻida qonunchilikni takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzuida konferensiya (Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda).
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Izoh: rejaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
