Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2014-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi toʻgʻrisida (KQ-106-II-son)
27.12.2013
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2014-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 27-dekabr,
KQ-106-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 27-dekabrdagi KQ-106-II-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2014-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati
REJASI
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
Kelib tushishiga qarab
Nazorat faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2013-yil yuzasidan hisoboti.
Yilning birinchi yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2013-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Yilning birinchi yarmi
“Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish.
Yilning birinchi yarmi
Xorazm viloyatida “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va xalqaro moliyaviy tashkilotlarning mablagʻlaridan maqsadli hamda samarali foydalanish holatini oʻrganish va muhokama qilish (Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi va xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1 va 1.2-bandlariga muvofiq, 2014-yilning Sogʻlom bola yili deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan).
Yilning ikkinchi yarmi
Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti loyihasi yuzasidan takliflar va xulosa tayyorlash.
Yilning ikkinchi yarmi
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
Kelib tushishiga qarab
Nazorat faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisidagi hisoboti.
Yilning birinchi yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yilda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatidagi qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi axboroti haqida.
Yilning birinchi yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2013-yildagi faoliyati toʻgʻrisida.
Yilning ikkinchi yarmi
“Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Qashqadaryo viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1 va 1.2-bandlariga muvofiq).
Yilning birinchi yarmi
“Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Navoiy viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda).
Yilning ikkinchi yarmi
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
Kelib tushishiga qarab
Nazorat faoliyati
“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Jizzax viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1 va 1.2-bandlariga muvofiq).
Yilning birinchi yarmi
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashga doir qismi Sirdaryo viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1 va 1.2-bandlariga muvofiq).
Yilning ikkinchi yarmi
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
Kelib tushishiga qarab
Nazorat faoliyati
Buxoro viloyatida Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi YUNESKO Konvensiyasini (Parij, 1972-yil 23-noyabr) implementatsiya qilishning borishi toʻgʻrisida (xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi va YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1 va 1.2-bandlariga muvofiq).
Yilning birinchi yarmi
Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi qoidalariga muvofiq xalqaro-huquqiy majburiyatlarni amalga oshirish sohasida vazirliklar va idoralar faoliyatining holati va uni yanada kuchaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bilan birgalikda).
Yilning ikkinchi yarmi
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
Kelib tushishiga qarab
Nazorat faoliyati
“Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining mamlakat mintaqalarida ijro etilishi toʻgʻrisida” parlament eshituvi.
Yilning birinchi yarmi
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Andijon viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1 va 1.2-bandlariga muvofiq).
Yilning birinchi yarmi
“Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qishloq vrachlik punktlarida tibbiy yordam va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishga doir qismi Jizzax viloyatida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish (xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1 va 1.2-bandlariga muvofiq, 2014-yilning Sogʻlom bola yili deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan).
Yilning ikkinchi yarmi
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
Kelib tushishiga qarab
Nazorat faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2013-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Yilning birinchi yarmi
Qishloq joylarda uy-joylar qurish koʻlamini kengaytirishga doir qonun hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi va “Qishloq qurilish bank” OATB tomonidan ijro etilishini Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida oʻrganish hamda muhokama qilish.
Yilning birinchi yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining yerlardan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanishga doir qismi Surxondaryo viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1 va 1.2-bandlariga muvofiq).
Yilning birinchi yarmi
“Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining vakolatli davlat organlari tomonidan Andijon viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1 va 1.2-bandlariga muvofiq).
Yilning ikkinchi yarmi
Izoh: rejaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
