“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (93-son)
24.02.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi energetikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 22-fevraldagi PF-2812-son Farmonini bajarish hamda energetika tarmogʻi korxonalarini monopoliyadan chiqarish, xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada rivojlantirish, elektr energetikasi tizimida boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish, elektr energetikasi va koʻmir sanoati korxonalarini rivojlantirish, texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. “Oʻzbekenergo” DAK 2001-yil 1-iyulgacha tarmoqni monopoliyadan chiqarish va elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, sotish sohasida shuʼba korxonalar tashkil etish, shuningdek umumtarmoq funksiyalarini bajarish hamda oʻz tuzilmasini 1-ilovaga muvofiqlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
3. Energetika korxonalarini monopoliyadan chiqarish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyalashtirish masalalari boʻyicha maxsus komissiya (Atayev), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
2001-yil 1-maygacha “Oʻzbekenergo” DAK ustav jamgʻarmasini, asosiy fondlarni 2001-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra qayta baholab chiqishni hisobga olgan holda, 3-ilovaga* muvofiq korxonalar, tashkilotlar va tarkibiy boʻlinmalar mulklari qiymati hisobiga shakllantirsinlar. “Oʻzbekenergo” DAKni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish va uning aksiyalari emissiyasi prospektini roʻyxatdan oʻtkazish taʼminlansin;
“Oʻzbekenergo” DAK bilan birgalikda 4-ilovaga* muvofiq davlat rayon elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlarining belgilangan tartibda yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha aksiyalashtirilishini taʼminlasinlar;
“Oʻzbekenergo” DAK bilan birgalikda 5-ilovaga* muvofiq korxonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda bosqichma-bosqich ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish tadbirlarini amalga oshirsinlar;
2001-yilda “Elektrqishloqqurilish”, “Energoqozontozalash”, “Oʻzqishloqelektrqurilish” aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalar davlat ulushining bir qismini, 25 foiz miqdordagi aksiyalar paketini davlatda saqlab qolgan holda, birja bozorida va birjadan tashqari bozorda sotsinlar;
6-ilovaga* muvofiq ijtimoiy infratuzilma obyektlarini xususiylashtirsinlar;
* 3—6-ilovalar berilmaydi.
2001-yil 1-iyungacha 7-ilovaga muvofiq issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi va elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan korxonalar aksiyalarining davlat ulushlari va paketlarini tegishli hududiy kommunal-foydalanish birlashmalariga ishonchli boshqaruvga bersinlar;
4. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzbekenergo” DAKni tashkil etish jarayonida chiqarilgan barcha aksiyalar davlat mulki hisoblanadi va sotilmaydi yoki boshqacha tartibda begonalashtirilmaydi, ular garov predmeti boʻlishi, shuningdek ikkilamchi qimmatli qogʻozlar chiqarishni taʼminlash uchun xizmat qilishi mumkin emas;
“Oʻzbekenergo” DAKning 9-ilovaga muvofiq unitar korxonalari aksiyalashtirilmaydi;
elektr energiyasi sotish miqdoridan (uni yetkazib berish boʻyicha xizmatlaridan) Respublika yoʻl jamgʻarmasiga va Pensiya jamgʻarmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga toʻlovlar “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning korxonalari tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar uchun belgilangan stavkalar boʻyicha faqat oxirgi isteʼmolchilarga elektr energiyasini sotish miqdori qismiga amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi istisno tariqasida (qonunchilikka muvofiq korxonalar ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlardan tashqari):
“Elektrqishloqqurilish”, “Energiyaqozontozalash”, “Oʻzqishloqelektr-qurilish” aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek 5-ilovaning 2 va 3-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini sotishdan tushgan mablagʻlarni “Oʻzbekenergo” DAKga energetika obyektlarining asosiy quvvatlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirishda maqsadli foydalanish uchun;
7. “Oʻzbekenergo” DAK Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2002-yil 1-yanvargacha uy-joy fondining va kommunal soha muhandislik kommunikatsiyalarining qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida belgilangan tartibda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari balansiga berilishini taʼminlasin.
8. “Oʻzbekenergo” DAK apparati Toshkent shahar, Xorazm koʻchasi, 6-uyga joylashtirilsin.
9. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashining “Oʻzbekiston SSJ Energetika va elektrlashtirish vazirligini tashkil etish haqida” 1990-yil 2-oktabrdagi 322-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V.Yu.Atayev va Oʻ.Q.Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 24-fevral,
93-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-fevraldagi 93-son qaroriga 7-ILOVA
Aksiyalarining davlat paketlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari (HKFB)ga ishonchli boshqaruvga berilayotgan aksiyadorlik jamiyatlari
ROʻYXATI
* Toshkent shahar HKFB xodimlaridan davlat ishonchli vakili tayinlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-fevraldagi 93-son qaroriga 9-ILOVA
“Oʻzbekenergo” DAKning aksiyalashtirilmaydigan korxonalari
ROʻYXATI
(1-ilovaning 8, 9 va 11 pozitsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 288-modda)
