Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi matnini qayta nashr qilish boʻyicha komissiya toʻgʻrisida (972-II-son)
09.09.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
2014-yil 16-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)”gi OʻRQ-366-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi matni kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga toʻla muvofiq holda qayta nashr qilinishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi matnini qayta nashr qilish boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Komissiya ikki haftalik muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi matnini qayta nashr qilishga tayyorlasin.
3. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi (A.H. Yunusov) kiritilgan tuzatishlarni hisobga olgan holda Komissiya tomonidan tayyorlangan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi matni ikki oylik muddatda qayta nashr qilinishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi matnini qayta nashr qilish va tirajini belgilash faqat Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2014-yil 9-sentabr,
972-II/KQ-134-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 9-sentabrdagi 972-II/KQ-134-II-sonli Qoʻshma qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi matnini qayta nashr qilish boʻyicha komissiya
TARKIBI
Komissiya raisi Tursunbayev Yulchiboy Ergashovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Komissiya raisi oʻrinbosari Roʻzmetov Erkin — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi Komissiya aʼzolari: Mirbabayev Baxtiyor Shamsutdinovich — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi Raximov Abdumannob Kuziyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi Yunusov Amonulla Hamidullayevich — Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Kokanbayev Fozil Rustamovich — “Jahon” axborot agentligi direktori Ikramov Muzraf Mubarakxodjayevich — Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari Choʻlliyev Shuhrat Asqarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devoni Yuridik boʻlimining mudiri Shoxnazarov Toxir Tuxtamuradovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni Yuridik boʻlimining mudiri Normuxamedov Zaxid Kadirovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devoni Matbuot va tarjima boʻlimining mudiri Djurayeva Saida Abdukamilovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni Matbuot va tahririyat boʻlimining mudiri
