Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (SQ-442-II-son)
29.08.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2014-yil 17-aprelda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi S.B. Artikova toʻgʻrisida”gi;
2014-yil 5-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devoni masʼul xodimlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi;
2014-yil 3-iyunda qabul qilingan “Senator Erkin Roʻzmetovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasining raisi vazifasini bajaruvchi etib saylash toʻgʻrisida”gi;
2014-yil 9-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi 843–I/515–I-sonli Qoʻshma qarorining 3-ilovasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi;
2014-yil 20-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2014-yil 30-iyulda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2014-yil 21-avgustda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi A.X. Burxanov toʻgʻrisida”gi.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2014-yil 29-avgust,
SQ-442-II-son
