Vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilinadigan xomashyoni qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisi hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2766-son)
11.03.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 11-martda 2766-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilinadigan xomashyoni qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisi hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 29-fevral,
11-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 29-fevral,
2016-8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 11, 2016-08-son qaroriga ILOVA
Vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilinadigan xomashyoni qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisi hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilinadigan xomashyoni qayta ishlash asosida (bundan buyon matnda qayta ishlashga berilgan xomashyo deb yuritiladi) ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisi (bundan buyon matnda tayyor neft mahsulotlari deb yuritiladi) hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom qayta ishlashga berilgan xomashyo asosida tayyor neft mahsulotlarni oluvchi neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ushbu toifadagi yuridik shaxslar transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni tayyor neft mahsulotlarini oxirgi isteʼmolchilarga realizatsiya qilganda yoki oʻz ehtiyojlari uchun ishlatganda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan stavkalar boʻyicha toʻlaydilar.
2. Soliq solish tizimidan qatʼi nazar (soliq solishning umumbelgilangan yoki soddalashtirilgan tartibi), oʻz ehtiyoji uchun tayyor neft mahsulotlarini oluvchi qayta ishlashga berilgan xomashyoning yuridik shaxs boʻlgan mulkdorlari qayta ishlashga berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan tayyor neft mahsulotlari hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq toʻlovchilardir.
2-bob. Soliq solish obyekti. Soliq solinadigan baza. Soliq davri.
3. Qayta ishlashga berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan tayyor neft mahsulotlari soliq solish obyektidir.
4. Qayta ishlashga berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan tayyor neft mahsulotlarining natura holidagi olingan hajmi soliq solinadigan bazadir. Olingan tayyor neft mahsulotlari hajmi neftni qayta ishlovchi zavodlar tomonidan soliq davri uchun yozib berilgan qayta ishlashga berilgan xomashyoni qayta ishlashdan olingan mahsulotni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida aniqlanadi.
5. Yil oyi soliq davridir.
3-bob. Qayta ishlashga berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan tayyor neft mahsulotlari hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash
6. Qayta ishlashga berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan tayyor neft mahsulotlari hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
7. Qayta ishlashga berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan tayyor neft mahsulotlari hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkalari miqdori transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni hisobga olgan holdagi tayyor neft mahsulotlarining chakana narxlari doirasida shakllanadi.
8. Vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilinadigan xomashyoni qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisi hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkalari miqdori mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
9. Tayyor neft mahsulotlarining hisob-kitob narxlari neftni qayta ishlovchi zavodlar tomonidan quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
H = (Q + X) / V, bu yerda:
H — tayyor neft mahsulotlarining hisob-kitob narxi;
Q — qayta ishlashga berilgan xomashyoning qiymati (yetkazib berish bilan bogʻliq transport xarajatlari, sugʻurta, bojxona toʻlovlari, vositachining xarajatlari va qayta ishlashga berilgan xomashyoni yetkazib berish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni hisobga olgan holdagi qayta ishlashga berilgan import xomashyosining qiymati, shuningdek qayta ishlashga berilgan xomashyoning mulkdorlarigacha tayyor neft mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha xarajatlar);
X — qayta ishlashga berilgan xomashyoni qayta ishlash boʻyicha xizmatlar (tayyor neft mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha ishlar qiymati, ishlab chiqariladigan tayyor neft mahsulotlariga aksiz soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi);
V — qayta ishlashga berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan tayyor neft mahsulotlari hajmi (tonnada).
Bunda, neftni qayta ishlovchi zavodlar qayta ishlashga berilgan xomashyoni qayta ishlashdan olingan mahsulotni qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga berilayotgan tayyor neft mahsulotining 1 tonnasi uchun hisob-kitob narxi koʻrsatilgan hujjatni ilova qiladilar.
10. Vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilinadigan xomashyoni qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisi hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etiladi.
Agar hisobot soliq davrida soliq solish obyekti yuzaga kelmasa hisob-kitob ushbu soliq davriga taqdim etilmaydi.
Qayta ishlashga berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan tayyor neft mahsulotlari hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni toʻlash hisob-kitobni taqdim etish uchun belgilangan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi.
11. Qayta ishlashga berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan tayyor neft mahsulotlari hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning summasi soliq toʻlovchining davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadi.
12. Neftni qayta ishlovchi zavodlar vositachilik shartnomalari asosida import qilinadigan xomashyoni qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisi hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etadilar.
4-bob. Soliq toʻlovchilarning javobgarligi va davlat soliq xizmati organlarining nazorati
13. Soliq toʻlovchilar qayta ishlashga berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan tayyor neft mahsulotlari hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
14. Davlat soliq xizmati organlari qayta ishlashga berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan tayyor neft mahsulotlari hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazoratni qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar.
Vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilinadigan xomashyoni qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisi hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilinadigan xomashyoni qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisi hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkalari
MIQDORI
soʻm T/r Qayta ishlashga berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan tayyor neft mahsulotining hisob-kitob narxi (1 tonna uchun) Stavka miqdori (1 tonna uchun) Avtobenzin (Ai-80) 1. 3 116 244 gacha 617 700 2. 3 116 245 dan 3 216 244 gacha 600 000 3. 3 216 245 dan 3 316 244 gacha 500 000 4. 3 316 245 dan 3 416 244 gacha 400 000 5. 3 416 245 dan 3 516 244 gacha 300 000 6. 3 516 245 dan 3 616 244 gacha 200 000 7. 3 616 245 dan 3 716 244 gacha 100 000 8. 3 716 245 soʻm va yuqorisi 0 Avtobenzin (Ai-91, 92, 93) 1. 3 295 454 gacha 617 700 2. 3 295 455 dan 3 395 454 gacha 600 000 3. 3 395 455 dan 3 495 454 gacha 500 000 4. 3 495 455 dan 3 595 454 gacha 400 000 5. 3 595 455 dan 3 695 454 gacha 300 000 6. 3 695 455 dan 3 795 454 gacha 200 000 7. 3 795 455 dan 3 895 454 gacha 100 000 8. 3 895 455 soʻm va yuqorisi 0 Avtobenzin (Ai-95) 1. 3 578 459 gacha 617 700 2. 3 578 460 dan 3 678 459 gacha 600 000 3. 3 678 460 dan 3 778 459 gacha 500 000 4. 3 778 460 dan 3 878 459 gacha 400 000 5. 3 878 460 dan 3 978 459 gacha 300 000 6. 3 978 460 dan 4 078 459 gacha 200 000 7. 4 078 460 dan 4 178 459 gacha 100 000 8. 4 178 460 soʻm va yuqorisi 0 Dizel yoqilgʻisi 1. 2 385 649 gacha 565 000 2. 2 385 650 dan 2 485 649 gacha 500 000 3. 2 485 650 dan 2 585 649 gacha 400 000 4. 2 585 650 dan 2 685 649 gacha 300 000 5. 2 685 650 dan 2 785 649 gacha 200 000 6. 2 785 650 dan 2 885 649 gacha 100 000 7. 2 885 650 soʻm va yuqorisi 0 EKO Dizel yoqilgʻisi 1. 2 468 919 gacha 565 000 2. 2 468 920 dan 2 568 919 gacha 500 000 3. 2 568 920 dan 2 668 919 gacha 400 000 4. 2 668 920 dan 2 768 919 gacha 300 000 5. 2 768 920 dan 2 868 919 gacha 200 000 6. 2 868 920 dan 2 968 919 gacha 100 000 7. 2 968 920 soʻm va yuqorisi 0
Vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilinadigan xomashyoni qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisi hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilinadigan xomashyoni qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisi hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 10-son, 99-modda; 2017-y., 6-son, 82-modda)
