Shaharsozlik faoliyati va qishloq xoʻjaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishishning, shuningdek obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (70-son)
09.03.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni taʼminlash, tadbirkorlik faoliyati sohasida qurilishning barcha bosqichlarida ruxsat berish tartibotlari doirasida yagona qoida va talablarni belgilash, shaharsozlik faoliyati va qishloq xoʻjaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishishning, shuningdek obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga* muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-mart,
70-son
