Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida (75-son)
13.02.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 13-fevraldagi PF-2810-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligining majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
4. Mavjud xodimlar soni doirasida:
Mehnatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Mehnatni normalash va muhofaza qilish markaziga;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Kompyuter markazi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Axborot-kompyuter markaziga aylantirilsin.
5. Mehnat vazirligi huzuridagi Mehnatkash muhojirlar ishlari boʻyicha respublika agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga aylantirilsin.
6. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi toʻgʻrisidagi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash uchun ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
oʻn kun muddatda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlasin;
vazirlikning markaziy apparatini, hududiy bosh boshqarmalarni, mehnat ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) boʻlimlarini, ijtimoiy taʼminot boʻlimlarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2001-yil mobaynida mehnat, ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) boʻlimlari hamda ijtimoiy taʼminot boʻlimlari ishlarini tahlil qilsin va yil yakuni boʻyicha ular faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin;
pensiya va nafaqalar olishayotgan ishsiz fuqarolar, pensionyerlar, nogironlar, kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarni, aholining boshqa ijtimoiy nochor tabaqalarini shaxsan hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqsin va 2001-yil mobaynida amalda joriy etsin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalarini, ularning shtatdagi xodimlari sonini hisobga olgan holda joylashtirish hamda ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalarini hal etsinlar.
8. Belgilab qoʻyilsinki, budjetdan ajratmalar, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini hamda viloyatlar va Toshkent shahri bandlik hududiy bosh boshqarmalarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun mehnatga haq toʻlash razryadlari Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq belgilansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 13-fevral,
75-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tizimidagi organlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 11-martdagi 127-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada ijtimoiy taʼminotni boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 16-iyuldagi 358-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tizimida Kompyuter markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1995-yil 25-apreldagi 147-son qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-martdagi 127-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1997-yil 7-apreldagi 175-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998y., 7-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 3-bandi.
