“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining qoidalari roʻyobga chiqarilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar haqida (KQ-65-II-son)
14.06.2013
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Markazda va joylarda “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining qoidalari roʻyobga chiqarilishini taʼminlash boʻyicha ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ular maslahatchilarining vakolat muddati tugashi hamda ularning 2013-yil noyabr — dekabrda boʻlajak saylovi munosabati bilan “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha tadbirlar rejasi (1-ilova);
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlariga tavsiyalar (2-ilova).
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlari “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha tavsiyalar asosida mazkur qonunlarni roʻyobga chiqarish yuzasidan hududiy tadbirlar rejalarini 2013-yil 10-iyulgacha ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Tavsiyalar va hududiy tadbirlar rejalari tizimli, oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini nazorat qilish va monitoringini yuritish uchun masʼul senatorlar roʻyxati tasdiqlansin (3-ilova).
4. Ushbu qaror ijro etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlariga, manfaatdor vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlarga yuborilsin.
5. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari M.A. Radjabova zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-iyun,
KQ-65-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 14-iyundagi KQ-65-II-sonli qaroriga 1-ILOVA
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha
TADBIRLAR REJASI
T/r Tadbir nomi Ijro etish muddati Masʼul ijrochilar I. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish va uni qabul qilingan qonunlar talablariga moslashtirish 1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etishni tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlarini inventarizatsiya qilishni tashkil etish va oʻtkazish, ularni qabul qilingan qonunlarga moslashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish 2013-yil iyun – iyul Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, “Mahalla” fondi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi 2. Qabul qilingan qonunlarning fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish va saylovni oʻtkazish bilan bogʻliq havolaki normalari amalga oshirilishini, ularni amaliyotda qoʻllash mexanizmi joriy etilishini taʼminlaydigan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish 2013-yil iyun – iyul Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, “Mahalla” fondi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi II. Qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini aholi hamda bevosita ijrochilarga keng miqyosda yetkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar 3. Fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilariga qabul qilingan qonunlarni tushuntirish, fuqarolar yigʻinlari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha oʻquv seminarlarini tashkil etish hamda oʻtkazish 2013-yil iyun “Mahalla” fondi, Adliya vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Davlat boshqaruvi akademiyasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, manfaatdor vazirlik va idoralar 4. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar va ishchi guruhlar aʼzolari uchun qabul qilingan qonunlar talablarini tushuntirish boʻyicha mintaqaviy seminarlar tashkil etish hamda oʻtkazish 2013-yil sentyabr– oktyabr Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, “Mahalla” fondi, Adliya vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, manfaatdor vazirlik va idoralar 5. Qabul qilingan qonunlarning fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq normalarini yoritish masalalari boʻyicha jurnalistlar uchun oʻquv seminarlari oʻtkazish 2013-yil iyul– avgust Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Mahalla” fondi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat boshqaruvi akademiyasi 6. Qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini keng miqyosda tushuntirish boʻyicha ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda turkum telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar, maqolalar tayyorlash 2013-yil iyun – dekabr (alohida reja boʻyicha) Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, “Mahalla” fondi, Milliy teleradiokompaniya, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi 7. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyati, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar toʻpl�mi va amaliy qoʻllanmalarni (savol-javoblarni) tayyorlash hamda nashr etish. Fuqarolar yigʻinlari va joylardagi boshqa manfaatdor tashkilotlarni yuqorida aytib oʻtilgan toʻplamlar va qoʻllanmalar bilan taʼminlash 2013-yil sentyabr Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, “Mahalla” fondi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi III. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini samarali tashkil etishda ularga koʻmaklashish 8. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga fuqarolar yigʻini kengashi, faoliyatning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar, taftish komissiyasini shakllantirishda koʻmaklashish saylovdan soʻng bir oy davomida “Mahalla” fondi 9. Tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish va chop etish 2013-yil iyul Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, “Mahalla” fondi 10. Tegishli hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida tuziladigan Maslahat markazlari faoliyatini tashkil etish tartibi boʻyicha namunaviy nizom ishlab chiqish va qabul qilish 2013-yil iyul Iqtisodiyot vazirligi, “Mahalla” fondi, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 11. Fuqarolar yigʻinlari tomonidan maʼlumotnomalar, fuqarolarning oilaviy va mulkiy ahvoli toʻgʻrisida hujjatlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni berish tartibi, shuningdek ularning namunaviy shakllari boʻyicha uslubiy tavsiyala� ishlab chiqish va qabul qilish 2013-yil iyul Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, “Mahalla” fondi 12. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksa fuqarolarga fuqarolar yigʻini tomonidan patronaj yordamini koʻrsatishga koʻmaklashish boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va qabul qilish 2013-yil iyul Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Mahalla” fondi 13. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yosh avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha faoliyati va taʼlim muassasalari bilan hamkorligini tashkil etish tartibi, “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorlik mexanizmini amalga oshirish boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish hamda chop etish 2013-yil iyul Xalq taʼlimi vazirligi, “Mahalla” fondi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura 14. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan har chorakda fuqarolar yigʻini faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan tashkilotlar va tuman, shahar hamda viloyatlar ijro etuvchi organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitishni tashkil etish tartibi boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish hamda chop etish 2013-yil iyul “Mahalla” fondi, Adliya vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti IV. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatiga amaliy yordam koʻrsatish 15. Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi bilan qabul qilingan qonunlarning ijro etilishini tashkil etishga, avvalo yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda, giyohvandlikka, odam savdosiga va boshqa salbiy hodisalarga qarshi kurash�shda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rolini kuchaytirishga bagʻishlangan sayyor majlisini oʻtkazish 2013-yil iyul – avgust Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi, “Mahalla” fondi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura 16. Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi bilan qabul qilingan qonunlarning ijro etilishini tashkil etishga, shuningdek aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, fuqarolarni ishga joylashtirish, kasanachilikni va oilaviy biznesni rivojlantirish vazifalarini hal qilishda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ishtirokini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan sayyor majlisini oʻtkazish 2013-yil iyul – avgust Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi, “Mahalla” fondi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti 17. Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi bilan qabul qilingan qonunlarning ijro etilishini tashkil etishga, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, oilada sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash boʻyicha faoliyatining samaradorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan sayyor majlisini oʻtkazish 2013-yil iyul – avgust Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi, “Mahalla” fondi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Maʼnaviyat targʻibot markazi 18. Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi bilan qabul qilingan qonunlarning ijro etilishini tashkil etishga, atrof-muhitni muhofaza qilish, mahalla hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, qishloq aholi punktlarining infratuzilmasini, qishloqda shaxsiy uy-joy qurilishini rivojlantirish va boshqa muammolarni hal qilishda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ishtiroki masalalariga bagʻishlangan sayyor majlisini oʻtkazish 2013-yil iyul – avgust Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi, xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi, “Mahalla” fondi, Adliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti V. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ular maslahatchilarining navbatdagi sayloviga (2013-yil noyabr-dekabr) tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar 19. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasini tuzish 2013-yil sentyabr Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, “Mahalla” fondi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 20. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylo�ini oʻtkazish muddatlarini belgilash toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilish, saylovni oʻtkazish boʻyicha dasturiy tadbirlarni tayyorlash va tasdiqlash, ularni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish 2013-yil sentyabr Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi 21. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga amaliy yordam berish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalarini tuzishga koʻmaklashish 2013-yil sentyabr Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari 22. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi sifatli va oʻz vaqtida oʻtkazilishini tashkil etish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi komissiyasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalarining qoʻshma majlislarini tashkil etish hamda oʻtkazish 2013-yil sentyabr – oktyabr (jadval boʻyicha) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, “Mahalla” fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman, shahar komissiyalari 23. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bilan birgalikda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining joylardagi faoliyatini qabul qilingan qonunlar talablariga qatʼiy muvofiq holda tashkil etishga koʻmaklashish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha tizimli, doimiy faoliyatini amalga oshirishga oid chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish 2013-yil iyun – dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq ma�alalari qoʻmitasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, “Mahalla” fondi 24. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bilan yaqindan hamkorlikni taʼminlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish 2013-yil avgust – dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, “Mahalla”fondi VI. Nazorat-tahlil ishlarini olib borish 25. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, joylarda ijtimoiy xavfsizlik va huquq-tartibotni taʼminlash masalalarini hal qilish boʻyicha ishlarni tashkil etishga doir qismining Surxondaryo viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish 2013-yilning ikkinchi yarmi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi hamda Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Maʼnaviyat targʻibot markazi 26. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tadbirkorlik faoliyati, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati, kasanachilikni va fuqarolarning bandligini rivojlantirishga koʻmaklashishni tashkil etishga doir qismining Namangan viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish 2013-yilning ikkinchi yarmi Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi hamda Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi 27. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qishloq aholisi turmush darajasi va sifatini oshirish, qishloqda transport va muhandislik kommunikatsiyalarini, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini jadal rivojlantirish boʻyicha ishlarni tashkil etishga doir qismining Jizzax viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish 2013-yilning ikkinchi yarmi Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi hamda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi
Izoh: ushbu Tadbirlar rejasini bajarish boʻyicha qilingan ishlar toʻgʻrisidagi axborot Senatga har oyning 5-sanasigacha taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 14-iyundagi KQ-65-II-sonli qaroriga 2-ILOVA
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlariga
TAVSIYALAR
Joylarda “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining qoidalari roʻyobga chiqarilishini taʼminlash boʻyicha ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq hamda “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasini ijro etish yuzasidan yuqoridagi qonunlarni roʻyobga chiqarish boʻyicha Tavsiyalar (bundan buyon matnda Tavsiyalar deb yuritiladi) ishlab chiqildi.
Ushbu Tavsiyalarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlariga quyidagilar tavsiya etiladi:
1. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha hududiy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Hududiy tadbirlar rejalari ularning boʻlimlari nomlarida belgilangan keng doiradagi masalalarni hal qilishga qaratilgan boʻlishi kerak. Roʻyobga chiqarish mexanizmi sifatida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilariga qabul qilingan qonunlarning mohiyatini tushuntirish, fuqarolar yigʻinlari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha oʻquv seminarlarini oʻtkazish taklif qilinadi. Qabul qilingan qonunlarning mazmun va mohiyatini keng koʻlamda tushuntirish yuzasidan mahalliy ommaviy axborot vositalari bilan birga turkum telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, maqolalar va boshqa materiallar tayyorlash ham samarali boʻlishi nazarda tutiladi.
2. Qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati aholiga yetkazilishini, ular fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining amaliy faoliyatida har tomonlama ijro etilishini taʼminlash uchun tadbirlarni ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlikda oʻtkazishga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hududiy tuzilmalarining, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hududiy boʻlinmalarining, oliy oʻquv yurtlari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillarini, olimlar va mutaxassislarni jalb etish tavsiya qilinadi.
3. Masalalarni chuqur ishlab chiqish va amaliy tadbirlarni belgilash maqsadida vakolatli qoʻmitaga (doimiy komissiyalarga) hududiy tadbirlar rejalarining loyihalarini ishlab chiqishga olimlar, turli soha mutaxassislarini, manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb etish tavsiya qilinadi.
Hududiy tadbirlar rejalariga kiritiladigan tadbirlar aniq, sodda va loʻnda bayon etilishi hamda ularni ijro etishning aniq muddatlari va tadbirlarning masʼul ijrochilari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Hududiy tadbirlar rejalariga quyidagi boʻlimlarni kiritish tavsiya etiladi:
qabul qilingan qonunlarning mazmun va mohiyatini aholiga va bevosita ijrochilarga keng koʻlamda yetkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga ularning faoliyatida amaliy yordam koʻrsatish;
fuqarolar yigʻinlari raislarining (oqsoqollarining) va ular maslahatchilarining navbatdagi sayloviga (2013-yil noyabr-dekabr) tayyorgarlik boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar;
nazorat-tahlil ishini olib borish va boshqalar.
Hududiy tadbirlar rejalarini tayyorlash vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha tadbirlar rejasining tegishli boʻlim va bandlari qoidalarini hisobga olish tavsiya etiladi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari, qoida tariqasida, hududiy tadbirlar rejalari loyihalarini tayyorlashda faol ishtirok etadilar. Shu munosabat bilan hududiy tadbirlar rejasini tasdiqlash rejalashtirilayotgan sessiyani oʻtkazishdan yetti kun oldin deputatlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmitalari (xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman yoki shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari) tomonidan ishlab chiqilgan tegishli loyihani yuborish tavsiya etiladi. Hududiy tadbirlar rejalari bir necha qoʻmita (doimiy komissiya) kuchlari bilan tayyorlanishi mumkin boʻlib, bu deputatlarga ishlarning ahvolini chuqur va har tomonlama tahlil qilish, amaliy takliflar ishlab chiqish imkonini beradi.
Bu holda deputatlar hududiy tadbirlar rejalarining loyihalarini fuqarolar yigʻinlarida muhokama qila oladilar. Muhokama asnosida bildirilgan takliflar va tanqidiy mulohazalar hududiy tadbirlar rejasining loyihasini ishlab oxiriga yetkazish vaqtida hisobga olinishi mumkin.
Joylarda “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining qoidalari roʻyobga chiqarilishini taʼminlash borasidagi ishlarni tashkil etish jarayonida quyidagi qoidalarni eʼtiborga olish zarur:
1. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan fuqarolar yigʻinining aholining muhtoj toifalarini manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari kengaytirilgan (11, 12-moddalar).
Xususan, shaharcha, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yigʻini aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ushbu maqsadda markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan davlat mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydi.
Bundan tashqari, shaharcha, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yigʻini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, banklar, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan yoshlarga, shu jumladan nikoh tuzishda va toʻy tadbirlarini oʻtkazishda ularga qoʻshimcha moddiy yordam koʻrsatadi.
Shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari fuqarolar yigʻini hududi boʻyicha nazarda tutilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish va voyaga yetmagan bolalari boʻlgan muhtoj oilalarga, ikki yoshga toʻlmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga, shuningdek budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalarga hamda ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nafaqalar tayinlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal qiladi.
Fuqarolar yigʻinining qarorlarini bajarish va fuqarolar yigʻinlari oraligʻidagi davrda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻinining kengashi shakllantirilib, uning tarkibiga fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, masʼul kotibdan tashqari yana fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbari kiradi.
Yuqorida sanab oʻtilgan vakolatlarni roʻyobga chiqarish maqsadida fuqarolar yigʻinining kengashi bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan kam taʼminlangan oilalar, yolgʻiz keksa fuqarolarni, pensionyerlar va nogironlarni aniqlaydi (13-modda).
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish boʻyicha vakolatlarini roʻyobga chiqarish maqsadida fuqarolar yigʻinlarida ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiyalar tuzilishi shart (18-modda).
Bundan tashqari Qonunda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish shakllari va mexanizmlari belgilangan (16-modda).
Chunonchi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining qonun hujjatlarida belgilangan boshqa shakllari bilan bir qatorda jamoatchilik nazoratini quyidagi shakllarda amalga oshiradilar:
tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi holatini oʻrganish;
tegishli choralar koʻrilishi uchun davlat organlariga murojaat etish;
davlat organlari vakolatiga kiruvchi va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar boʻyicha soʻrovlar yuborish.
Ayni vaqtda shuni nazarda tutish kerakki, davlat organlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda koʻmaklashishi va qonun hujjatlariga muvofiq ularning murojaatlari yuzasidan oʻz vaqtida chora-tadbirlar koʻrishi shart. Shu bilan birga, jamoatchilik nazorati ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimida mahallaning vazifalarini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻyilgan vazifalarga muvofiq, shuningdek xususiy tadbirkorlikni, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga koʻmaklashishda fuqarolar yigʻinining vakolatlarini, kichik tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini nazorat qilishda fuqarolar yigʻinining ishtirokini kengaytirish maqsadida fuqarolar yigʻinlarining kengashlariga qoʻshimcha vakolatlar berilgan.
Chunonchi, fuqarolar yigʻinlarining kengashlari fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar haqini toʻliq va oʻz vaqtida, hisob-kitobini banklar orqali amalga oshirgan holda toʻlashlarini kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan birgalikda uyushtiradi va nazorat qiladi. Shu munosabat bilan, fuqarolar yigʻini aholisining manfaatlari himoya qilinishini va shu tariqa manfaatlar muvozanatini taʼminlash maqsadida fuqarolar yigʻinining tegishli hududdagi kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish boʻyicha vakolatlari kengaytirilgan.
Xususan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish boʻyicha vakolatlarga ega (11, 12-moddalar).
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi vakolatlarini roʻyobga chiqarish maqsadida fuqarolar yigʻinlarida jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiya tuzilishi shart (18-modda).
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) umumiy rahbarlikni amalga oshirishdan tashqari, shuningdek:
tegishli hududda maslahat markazlari ishini tashkil etadi;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻpisida yoki fuqaroning puhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza beradi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga yangi dafn etish joylarini barpo etish va mavjud boʻlganlarini rekonstruksiya qilish haqida takliflar kiritadi va boshqalar.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan namunadagi guvohnomaga ega boʻladi (14-modda).
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tegishli hududda tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida yuridik shaxs boʻlmagan maslahat markazlari tashkil etishga haqli. Maslahat markazlari faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qoplanishi mumkin.
Davlat organlari maslahat markazlari faoliyatini tashkil etishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga koʻmaklashishi shart, maslahat markazlari oʻz vazifalarini amalga oshirishi uchun fuqarolar yigʻinlariga belgilangan tartibda binolar beradi. Tegishli hududda joylashgan taʼlim muassasalari fuqarolar yigʻini soʻroviga binoan maslahat markazlariga qisqa muddatli kurslarni oʻtkazish uchun oʻquv jarayonlaridan boʻsh boʻlgan oʻquv xonalarini berib turishi mumkin.
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar maslahat markazlarining ishida qatnashishi, xususan, qisqa muddatli kurslarda taʼlim berishi, tegishli hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatlar berishi mumkin.
Shuni nazarda tutish kerakki, nizomi fuqarolar yigʻini tomonidan tasdiqlanadigan maslahat markazlari zimmasiga fuqarolarni iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, tadbirkorlik faoliyati toʻgʻrisidagi va soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari asoslarini oʻrgatish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil etish; bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda yoshlarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga joylashishiga, ularning ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek hunarmandlarga biriktirilishiga koʻmaklashish; fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashish va boshqalarni oʻz ichiga qamrab olgan vazifalar yuklatilgan.
Mahalla faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, uni manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markaziga aylantirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan yaqindan oʻzaro hamkorligini taʼminlash maqsadida fuqarolar yigʻinlarida komissiyalar tuzilishi shart boʻlib, ularning roʻyxati Qonunning 18-moddasida keltirilgan. Xususan:
yarashtirish komissiyasi;
maʼrifat va maʼnaviyat masalalari boʻyicha komissiya;
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya;
xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiya;
voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiya;
tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiya;
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiya;
jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiya tuziladi.
Tegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yigʻini tomonidan fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha boshqa komissiyalar ham tuzilishi mumkin.
Komissiyalarga rahbarlik, qoida tariqasida, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya aʼzolarini saylash ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan, fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari taʼminlangan holda amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga nomzodi koʻrsatilgan shaxs fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan taqdirda saylangan hisoblanadi.
Bundan tashqari, fuqarolar yigʻinining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun taftish komissiyasi tuziladi, komissiya oʻz faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yigʻiniga hisobdor boʻladi. Taftish komissiyasi aʼzolari bir vaqtning oʻzida fuqarolar yigʻini boshqa organining aʼzosi boʻla olmaydi.
Fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar va taftish komissiyasi oʻz faoliyatini fuqarolar yigʻini tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida amalga oshiradi.
Shu bilan birga, yuqorida koʻrsatilgan komissiyalar faoliyatini birxillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash vakolati berilgan.
Bunda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda esa – muvofiqlashtirish boʻyicha tegishli kengashlar tomonidan amalga oshiriladi (20-modda).
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tegishli kengashlarni shakllantirish tartibi va ularning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilanadi.
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) tomonidan yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan suiisteʼmolliklarning oldini olish uchun sharoit yaratish, ularning fuqarolar yigʻini oldidagi masʼuliyatini oshirish maqsadida fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishidan, u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilishidan hamda unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirishidan tashqari u oʻz vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishining qoʻshimcha asoslari joriy etilgan (24-modda), bular:
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) umumqabul qilingan axloq, odob normalarini qoʻpol ravishda buzuvchi, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) maqomini badnom qiluvchi va fuqarolar yigʻini obroʻsiga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar va nojoʻya ishlar sodir etgan, shuningdek oʻz vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmagan taqdirda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan qaror qabul qilinishidan;
u sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilishi yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinishidan;
u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishidan;
u sogʻligʻi holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolishidan;
uning vafot etishidan iborat.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini tuzish, faoliyatini tashkil etish, hisobga olish, ular ish olib borishining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashning yaxlit samarali mexanizmini tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini mahalliy davlat hokimiyati organlarida hisobga olishni tashkil etish tartibini joriy etish boʻyicha vakolatlari belgilab qoʻyilgan (8-modda).
2. “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini sifatli tashkil etish va oʻtkazishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini shakllantirish jarayonida parlamentning rolini kuchaytirish, saylovni tashkil etish va oʻtkazishda joylardagi komissiyalar va ishchi guruhlar faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga (bundan buyon matnda Senat Kengashi deb yuritiladi) saylovni oʻtkazishning aniq muddatlarini, shuningdek saylovga tayyorgarlik tadbirlarini oʻtkazish muddatlari va tartibini belgilash huquqi berilgan (10-modda).
Saylovni tashkil etish va oʻtkazish davriga Senat Kengashi huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Senat Kengashining komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi (11-modda).
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga amaliy yordam berish uchun tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hududida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashi qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalari (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) tuziladi (12-modda).
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish davriga tuzilishi belgilab qoʻyilgan. Tumanlar va shaharlar komissiyalari fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining navbatdagi saylovi eʼlon qilinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi.
Komissiyalar tarkibiga, qoida tariqasida, fuqarolar yigʻinlarining, davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillari kiritiladi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar komissiyaga aʼzo shaxslar yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan koʻrsatilgan taqdirda, ular komissiya tarkibidan chiqariladi.
Komissiyalarning asosiy vakolatlari sifatida quyidagilar belgilab qoʻyilgan:
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosini taʼminlash;
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarning faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
hovlilar, uylar, koʻchalardan hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalardan fuqarolarning vakilligi normasini belgilash;
ishchi guruhlardan keyinchalik tegishli tuman, shahar hokimlari bilan kelishish uchun fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni qabul qilib olish;
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga doir hujjatlarning namunalarini tasdiqlash, bundan Senat Kengashi tomonidan belgilanadigan byulletenlar namunalari mustasno;
ishchi guruhlarning fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari bilan bogʻliq axborotini eshitish;
tegishli hududda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini chiqarish hamda Senat Kengashining komissiyasiga axborot taqdim etish;
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalariga doir fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish;
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlarning arxivga topshirilishini taʼminlash.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish uchun fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) qarori bilan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar (bundan buyon matnda ishchi guruhlar deb yuritiladi) tuziladi (14-modda).
Oʻtkazilayotgan saylovning mustaqilligi va xolisligini, shuningdek ochiqligi, shaffofligi va adolatliligini taʼminlash maqsadida ishchi guruh tarkibiga xalq deputatlari tegishli tuman, shahar Kengashining deputati kiritiladi, bu fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda xalq deputatlari tegishli Kengashlarining rolini kuchaytirishga qaratilgan. Bunday holat faoliyatida xalq deputatlari Kengashining vakili qatnashadigan ishchi guruhning maqomini ham oshiradi.
Shuningdek, saylovni tashkil etishda xolislikni taʼminlash maqsadida fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilaridan tashqari, yana fuqarolar yigʻini organlarining boshqa xodimlari, shuningdek fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning, fuqarolar yigʻini organlari boshqa xodimlarining yaqin qarindoshlari ishchi guruh tarkibiga kiritilmaydi.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining navbatdagi saylovi eʼlon qilinganidan keyin ishchi guruh oʻz faoliyatini tugatadi.
Ishchi guruhlarning asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash hamda uni oʻtkazishdan kamida besh kun oldin bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni xabardor qilish;
hovlilar, uylar, koʻchalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi boʻyicha umumiy yigʻilishlarini tashkil etish va oʻtkazish;
hovlilar, uylar, koʻchalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisi umumiy yigʻilishining ishtirokchilarini roʻyxatga olish hamda fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda aholining umumiy yigʻilishi bayonnomasini tuzish;
tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini hisobga olgan holda tegishli komissiyaga taqdim etish uchun fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar boʻyicha takliflar tayyorlash;
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari yuzasidan aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish;
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining takroriy saylovi, shuningdek boʻshab qolgan oʻrinlarga fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi oʻtkazilishini tashkil etish;
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalariga doir fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga ikki va undan koʻp nomzod koʻrsatgan holda amalga oshirilishi qonun darajasida mustahkamlab qoʻyilgan (6-modda).
Bundan tashqari, fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzodlar bilan fuqarolarni oʻz vaqtida tanishtirish, ularning fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga barcha nomzodlardan xabardor boʻlishiga imkon berish va saylovning oʻzidagina emas, balki saylovoldi tadbirlarida ham faol ishtirok etishiga imkon berish maqsadida fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga kelishilgan nomzodlar haqidagi axborot saylovdan kamida besh kun oldin fuqarolar yigʻini binosiga va guzarlarga osib qoʻyiladi (16-modda), bu esa saylovning oshkoraligi va ochiqligini taʼminlaydi.
Shuningdek, tuman yoki shahar hokimi fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini koʻrib chiqishi va oʻzining ushbu nomzodlar boʻyicha asoslantirilgan xulosalarini keyinchalik ishchi guruhlarga topshirish uchun tegishli komissiyalarga yuborishi belgilab qoʻyilgan.
Shuni hisobga olish kerakki, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini oʻtkazish uchun fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) ishchi guruhning rahbari raisligida oʻtkaziladi (21-modda).
Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) kun tartibiga, qoida tariqasida, quyidagi masalalar kiritiladi:
sanoq komissiyasini saylash;
fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini) saylash;
fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) maslahatchilarini saylash.
Fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) fuqarolar yigʻinining (fuqarolar vakillari yigʻilishining) ish reglamenti, shu jumladan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning maʼruzalari, ularning muhokamasi, savollar va javoblar uchun vaqt belgilanadi.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi boʻyicha ovoz berish natijalarini aniqlash uchun fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan kamida uch kishidan iborat tarkibda sanoq komissiyasi saylanadi.
Fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarni eʼlon qiladi. Shundan soʻng fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning har biriga soʻz beradi.
Fuqarolar yigʻini raisini saylash toʻgʻrisidagi masala boʻyicha fuqarolar tomonidan ongli ravishda qaror qabul qilinishi, boʻlajak fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari sohasidagi qonun hujjatlari roʻyobga chiqarilishi uchun masʼuliyatini oshirish, saylangan fuqarolar yigʻini raisining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida nomzodlar oʻzlarining kelgusidagi faoliyat dasturlarini eʼlon qiladilar. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning maʼruza bilan chiqishlari alifbo tartibida oʻtkaziladi (21-modda).
Shuni hisobga olish kerakki, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga qoʻshimcha talablar belgilangan boʻlib (17-modda), bu aholi orasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan, ular tomonidan hurmat qilinadigan eng munosib fuqarolar fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) etib saylanishini taʼminlash imkonini beradi.
Chunonchi, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar roʻyxatiga quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlish. Bu talab fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mamlakatning u yoki bu hududida yashaydigan fuqarolarning irodasini ifoda etishi bilan bogʻliq va shu sababli ularning ehtiyojlari, qiyinchiliklari va imkoniyatlarini toʻla-toʻkis tushunish uchun fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) etib Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan shaxs saylanadi;
bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan boʻlishi. Bu talab “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilab qoʻyilgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplaridan biri – mahalliy urf-odatlar va anʼanalarni hisobga olish prinsipini roʻyobga chiqarishga xizmat qiladi;
davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarda yoxud tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati sohasida ish tajribasiga ega boʻlish, chunki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari davlat vazifalarini amalga oshirish bilan, shuningdek jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan vazifalarga tobora koʻproq ega boʻlmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini) ushbu sohalarda ish tajribasiga ega boʻlgan odamlar orasidan saylashni zarur qilib qoʻymoqda.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ogʻir yoxud oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar, sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylanish uchun nomzod etib koʻrsatilishi mumkin emasligiga alohida eʼtibor berish tavsiya qilinadi.
Xolislikni taʼminlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlariga rioya qilish maqsadida ishchi guruhga fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) maslahatchisi lavozimiga nomzodlarni fuqarolarning fikrlari inobatga olingan holda koʻrsatish huquqi berilgan (19-modda).
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari boʻyicha fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) bir oy ichida fuqarolar yigʻini kengashini shakllantirishi, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarni va taftish komissiyasini saylashi kerak (32-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 14-iyundagi KQ-65-II-sonli qaroriga 3-ILOVA
Tavsiyalar va hududiy tadbirlar rejalari tizimli, oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini nazorat qilish va monitoringini yuritish uchun masʼul senatorlar
ROʻYXATI
T/r Hududlar Biriktirilgan senatorlarning familiyasi, ismi, otasining ismi 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Altiyev Abdurashid Sultonovich 2. Andijon viloyati Roʻzmetov Erkin 3. Buxoro viloyati Sidikov Damir Lutfullayevich 4. Jizzax viloyati Burxanov Alisher Xadjimuradovich 5. Navoiy viloyati Tursunbayev Yulchiboy Ergashovich 6. Namangan viloyati Roʻzmetov Erkin 7. Samarqand viloyati Xujamberdiyev Mamazair 8. Sirdaryo viloyati Karimov Xolmurod Abduraxmonovich 9. Surxondaryo viloyati Shodiyeva Hamrotosh Normurodovna 10. Toshkent viloyati Safoyev Sodiq Solihovich 11. Fargʻona viloyati Razzakov Xamrabay Raximovich 12. Xorazm viloyati Altiyev Abdurashid Sultonovich 13. Qashqadaryo viloyati Sidikov Damir Lutfullayevich 14. Toshkent shahri Artikova Svetlana Baymirzayevna
Izoh: ushbu roʻyxatga zaruratga qarab ayrim oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
