Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son qarori) (57-son)
27.02.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ehtiyojlari uchun tanlov asosida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishni tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 26-sentabrdagi 454-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 27-fevral,
57-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-fevraldagi 57-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
4. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-bandining beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻztadbirkoreksport” AJ, “Oʻzsanoateksport” AJ yoki “Oʻrta Osiyo Trans” AJ tomonidan ustav jamgʻarmasida tashkilotlar ulushi tegishli ravishda kamida 51 foizni tashkil qiladigan chet eldagi korxona nomiga eksport qilinganda yetkazib berilishi mumkin”.
7. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga kiradigan tashqi savdo kompaniyalari bosh direktorlari hamda bosh direktorlarining oʻrinbosarlari lavozimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 6-oktabrdagi 212-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 413-modda):
a) qarorning nomidagi “tashqi savdo kompaniyalari bosh direktorlari hamda bosh direktorlarining oʻrinbosarlari” soʻzlari “tashqi savdo tashkilotlari boshqaruvi raislari hamda direktorlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-banddagi “tashqi savdo kompaniyalari bosh direktorlari hamda bosh direktorlarining oʻrinbosarlari” soʻzlari “tashqi savdo tashkilotlari boshqaruvi raislari hamda direktorlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiritilayotgan lavozimlar ROʻYXATI
T/r Tashkilotlar nomi Lavozimlar nomi 1. “Oʻztadbirkoreksport” AJ Boshqaruvi raisi hamda direktorlar 2. “Oʻzsanoateksport” AJ Boshqaruvi raisi hamda direktorlar ”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 9-ilova 4-pozitsiyasining “Kasbiy tavakkalchilik klasslari boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlari (kichik tarmoqlari) ustunidagi “kompaniyalari” soʻzi “tashkilotlari” soʻzi bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni sertifikatlash mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 16-maydagi 136-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 35-modda) muqaddimasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-son qarorini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son qarorini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
