Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (SQ-429-II-son)
11.04.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2014-yil 11-fevralda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi N.A. Chariyev toʻgʻrisida”gi;
2014-yil 28-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi;
2014-yil 12-martda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2014-yil 12-martda qabul qilingan “Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosi S. Sheraliyev toʻgʻrisida”gi;
2014-yil 9-aprelda qabul qilingan “Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining mamlakat mintaqalarida ijro etilishi toʻgʻrisida”gi parlament eshituvi yakunlari haqidagi axboroti toʻgʻrisida”gi.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2014-yil 11-aprel
SQ-429-II-son
