Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida (2379-2-son)
18.02.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 18-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2379-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi va 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 23-iyundagi 19/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2379, 2012-yil 17-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 341-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2016-yil 6-fevral.
2/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 6-fevraldagi 2/1-sonli qaroriga ILOVA
Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Mikrokredit tashkilotlari har yilgi moliyaviy hisobotni ularning yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ijobiy auditorlik xulosasi bilan birga eʼlon qilishi shart.”.
2. Quyidagi mazmundagi 26¹-band bilan toʻldirilsin:
“26¹. Auditorlik xulosasi auditorlik tekshiruvini oʻtkazgan auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan boʻlishi kerak.”.
