Tashqi savdo faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (66-son)
02.02.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Boj tarifi toʻgʻrisida” va “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi qatnashchi hisoblangan xalqaro konvensiyalar va shartnomalarga muvofiq, shuningdek, tarif bilan boshqarish usullarini takomillashtirish va ulardan ustuvor foydalanish asosida tashqi savdo faoliyatini izchil erkinlashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2001-yil 1-martgacha tuzilgan va Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida hisobga qoʻyilgan hamda ular boʻyicha tovarlar keltirilayotgan va/yoki toʻlov amalga oshirilayotgan import kontraktlar ilgari belgilangan tartibga muvofiq bajariladi.
5. Vazirlar Mahkamasining 4-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Quyidagilar 2001-yil 1-martdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari faoliyatini va avtobenzin bilan taʼminlashni yaxshilash masalalari toʻgʻrisida” 1999-yil 7-avgustdagi 380-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi.
7. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.
2001-yil 2-fevral
66-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-fevraldagi 66-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori 6-bandining birinchi xatboshidagi “va ulardan keltiriladigan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
