“Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari toʻgʻrisida namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2580-1-son)
03.02.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-fevralda 2580-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-sonli “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabrdagi 358-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2014-yil 28-apreldagi 4 va 68-son “Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari toʻgʻrisida namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2580, 2014-yil 5-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 19-son, 217-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 1-fevral,
2-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2016-yil 1-fevral,
111-son
Kelishilgan:
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2016-yil 1-fevral
