Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1551-3-son)
03.02.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-fevralda 1551-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 29-dekabrdagi PQ-2460-sonli “2016 — 2020-yillarda qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish va isloh etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2006-yil 21-fevraldagi 39-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551, 2006-yil 13-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 88-modda) bilan tasdiqlangan Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. TEShAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 29-yanvar,
21-son
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 29-yanvardagi 21-sonli buyrugʻiga ILOVA
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Tuman hokimi super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov oʻtkazish komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tarkibini tasdiqlaydi va tanlovni eʼlon qilish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Komissiya tarkibiga tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (komissiya raisi), tuman Fermerlar kengashi raisi, xizmat koʻrsatuvchi tegishli bank(lar) hamda irrigatsiya tizimi boshqarmasi rahbarlari, tegishli paxta tozalash korxonasi, tuman “Davurugʻnazoratmarkaz” inspeksiyasi, oʻsimliklarni himoya qilish tuman otryadi, tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi hamda tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi vakillari, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi hosiloti (agronomi) hamda boshqa tegishli korxona va tashkilotlar vakillari (rahbarlari) kelishuv asosida kiritilishi lozim.
Komissiya kotibi etib, qoida tariqasida, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi xodimi tayinlanadi.”.
2. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Tanlov uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab 30 kundan keyin oʻtkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish huquqiga paxta yetishtiruvchi fermer, tajriba va boshqa xoʻjaliklar ega.
Gʻoʻzaning yangi, istiqbolli navlarini dastlabki koʻpaytiruvchi va rayonlashgan navlarining birlamchi urugʻchiligi bilan shugʻullanuvchi maxsus jihozlangan laboratoriya hamda malakali mutaxassislarga ega boʻlgan xoʻjaliklar (elita xoʻjaliklari) tanlovda ishtirok etmay super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻladi.”.
3. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Tanlovda ishtirok etuvchi qatnashuvchilarni tanlashning birinchi bosqichida daʼvogarlarning imkoniyatlari quyidagi koʻrsatkichlar asosida baholanadi:
a) xoʻjaliklar yer maydonining tuproq unumdorligi — tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi maʼlumotnomasiga asosan 1 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
b) xoʻjaliklarning paxta ekiladigan maydoni — tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi maʼlumotnomasiga asosan 2 balldan 10 ballgacha baholanadi (paxta ekiladigan maydon 10 gektardan kam boʻlgan holda 0 ball qoʻyiladi). Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
v) xoʻjaliklarning oqar suv taʼminoti — irrigatsiya tizimi boshqarmasi maʼlumotnomasiga asosan 0 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
g) soʻnggi 3 yil ichida gʻoʻza maydonlari kasalliklarga chalinmaganligi va zararkunandalar bilan zararlanmaganligi, shuningdek ularda begona oʻtlar tarqalmaganligi — tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadi maʼlumotnomasiga asosan 0 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
d) xoʻjalik rahbarining mutaxassisligi va maʼlumoti — maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli koʻrsatilgan holda uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
e) xoʻjalik rahbarining qishloq xoʻjaligi sohasidagi ish staji — mehnat daftarchasiga asosan 2 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli koʻrsatilgan holda uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
j) xoʻjalikda ishlayotgan urugʻchi hosilotning (agronomning) maʼlumoti — maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli koʻrsatilgan holda uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
z) xoʻjalikning majburiyatlardan holi boʻlgan bank hisobvaragʻida pul mablagʻlari mavjudligi — bank tomonidan berilgan maʼlumotnoma (bank rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan va bank muhri bilan tasdiqlangan) asosida 0 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
i) daʼvogarning texnika vositalari bilan taʼminlanganligi (ularning turi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib) — texnika vositalari texnik pasportlari va “Davtexnazorat” inspeksiyasi maʼlumotnomasiga asosan 2 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga texnika vositalari texnik pasportlarining asli koʻrsatilgan holda uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi va “Davtexnazorat” inspeksiyasi maʼlumotnomasining asli taqdim etiladi.
Texnika vositalarini baholashda texnik pasportda texnika vositasining sozligini tasdiqlovchi belgi mavjud boʻlgan texnika vositalarigina baholanadi.
Texnika vositalarini baholashda ular uchun qoʻyilgan ballar yigʻindisi 10 balldan oshmasligi lozim;
k) daʼvogar tomonidan soʻnggi 3 yil ichida paxta xomashyosi yetkazib berish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilganligi –shartnoma tuzgan paxta tozalash korxonasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida 1 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
l) xoʻjalikning soʻnggi 3 yil ichidagi paxta hosildorligi — shartnoma tuzgan paxta tozalash korxonasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida 1 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi.
Daʼvogarning har bir koʻrsatkichi boʻyicha tegishli ballni berish masalasi komissiya aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar asosida koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi va har bir koʻrsatkich boʻyicha bitta ball beriladi.”.
4. 21 — 24-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Tanlovda gʻolib boʻlgan xoʻjaliklar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (alohida-alohida) tanlov yakunlanganidan soʻng 7 kun ichida komissiya tomonidan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar gʻoʻza urugʻchiligi birlashmalariga saqlash uchun topshiriladi.
22. Tanlov oʻtkazish va uning yakuni boʻyicha yigʻilgan barcha hujjatlar va maʼlumotlar komissiya tomonidan umumlashtirilib, mazkur Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlardan iborat boʻlgan yigʻmajildda rasmiylashtiriladi.
Yigʻmajild tanlov yakunlanganidan soʻng 7 kun ichida komissiya tomonidan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar gʻoʻza urugʻchiligi birlashmalariga topshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar gʻoʻza urugʻchiligi birlashmalari 7 kun ichida yigʻmajildlarni hudud boʻyicha umumlashtirib, umumlashtirilgan yigʻmajildni Gʻoʻza urugʻchiligi respublika markaziga topshiradi.
23. Har bir yigʻmajild quyidagi hujjatlar va maʼlumotlardan iborat boʻlishi lozim:
a) tuman hokimining tanlov oʻtkazish komissiyasi tarkibini tasdiqlash va tanlovni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
b) komissiyaning tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlari nusxasi;
v) har bir komissiya aʼzosi tomonidan toʻldirilgan tanlov varaqalari nusxasi;
g) tanlov yakuni boʻyicha qoʻyilgan ballar hisob-kitobi;
d) tanlov oʻtkazish va uning yakuni boʻyicha komissiya tomonidan qabul qilingan bayonnomalar nusxasi;
e) tanlov oʻtkazish va uning yakuni boʻyicha boshqa tahliliy maʼlumotlar.
24. Tanlovda gʻolib boʻlgan xoʻjaliklarning hujjatlari (alohida-alohida) hamda yigʻmajildlarning toʻliq yuritilishi va ularning belgilangan muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar gʻoʻza urugʻchiligi birlashmalariga topshirilishi uchun komissiya raisi va kotibi masʼul hisoblanadi.
Komissiya tomonidan topshirilgan tanlovda gʻolib boʻlgan xoʻjaliklarning hujjatlari (alohida-alohida) hamda yigʻmajildlarning saqlanishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar gʻoʻza urugʻchiligi birlashmalari rahbari masʼul hisoblanadi.”.
5. 25-bandda:
oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn birinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishlicha oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yiliga kamida ikki marta nav tozaligi boʻyicha dala koʻrigini oʻtkazib, navga xos boʻlmagan gʻoʻza tuplaridan tozalash ishlarini tashkillashtiradi.”.
6. 2-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
7. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va Oʻzbekiston Fermerlar kengashi bilan kelishilgan.
“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Y. XIDIROV
2016-yil 28-yanvar
Oʻzbekiston Fermerlar kengashi raisi S. TURDIYEV
2016-yil 28-yanvar
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda daʼvogarlarning imkoniyatlarini baholaydigan
REYTING BALLARI
T/r Baholanadigan imkoniyatlar (holatlar) Reyting koʻrsatkichlari Reyting ballar Asoslash uchun taqdim etilgan hujjat(lar) 1. Tuproq unumdorligi (bonitet ball) 60 ball va undan yuqori 10 ball Tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi maʼlumotnomasi 50 balldan 60 ballgacha 8 ball 40 balldan 50 ballgacha 1 ball 2. Paxta ekiladigan maydon 40 gektar va undan yuqori 10 ball Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi maʼlumotnomasi 30 gektardan 40 gektargacha 6 ball 20 gektardan 30 gektargacha 4 ball 10 gektardan 20 gektargacha 2 ball 3. Oqar suv taʼminoti yaxshi 10 ball Irrigatsiya tizimi boshqarmasi maʼlumotnomasi oʻrtacha 5 ball yomon 0 ball 4. Soʻnggi 3 yil ichida gʻoʻza maydonlari kasalliklarga chalinmaganligi va zararkunandalar bilan zararlanmaganligi, shuningdek ularda begona oʻtlar tarqalmaganligi soʻnggi 3 yilda kuzatilmagan 10 ball Tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadi maʼlumotnomasi soʻnggi 2 yilda kuzatilmagan 5 ball soʻnggi 1 yil davomida kuzatilgan 1 ball soʻnggi 3 yil davomida kuzatilgan 0 ball 5. Xoʻjalik rahbarining mutaxassisligi va maʼlumoti urugʻchilik boʻyicha agronom 10 ball Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat agronom 9 ball iqtisodchi 8 ball huquqshunos 7 ball injener, hisobchi 5 ball mexanik, zootexnik, veterinar va boshqa mutaxassislar 4 ball 6. Xoʻjalik rahbarining qishloq xoʻjaligi sohasidagi ish staji 15 yil va undan yuqori 10 ball Mehnat daftarchasi 10 yildan 15 yilgacha 8 ball 5 yildan 10 yilgacha 6 ball 3 yildan 5 yilgacha 4 ball 1 yildan 3 yilgacha 2 ball 7. Xoʻjalikda ishlayotgan urugʻchi hosilotning (agronomning) maʼlumoti Oliy 10 ball Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat oʻrta maxsus 5 ball 8. Xoʻjalikning majburiyatlardan holi boʻlgan bank hisobvaragʻida mavjud pul mablagʻlari eng kam �sh haqining 1000 barobari va undan yuqori miqdorda 10 ball Bank tomonidan berilgan maʼlumotnoma eng kam ish haqining 800 barobaridan 1000 barobarigacha miqdorda 8 ball eng kam ish haqining 500 barobaridan 800 barobarigacha miqdorda 6 ball eng kam ish haqining 200 barobaridan 500 barobarigacha miqdorda 4 ball eng kam ish haqining 100 barobaridan 200 barobarigacha miqdorda 2 ball eng kam ish haqining 100 barobaridan kam boʻlsa 0 ball 9. Daʼvogarning texnika vositalari bilan taʼminlanganligi haydov traktori 2 ball Texnika vositalari texnik pasporti, “Davtexnazorat” inspeksiyasi maʼlumotnomasi ishlov berish traktori (kultivator bilan) 2 ball chopiq traktori (OVX-600) (2 ta tirkama bilan) 2 ball er tekislagich, greyder, chizel (mola, borona komplektda) 2 ball pushta olgich 2 ball 10. Soʻnggi 3 yil ichida paxta xomashyosi yetkazib berish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilganligi soʻnggi 3 yil ichida bajargan 10 ball Paxta tozalash korxonasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma soʻnggi 2 yil ichida bajargan 5 ball soʻnggi 1 yil ichida bajargan 1 ball 11. Soʻnggi 3 yil ichidagi paxta hosildorligi 40 sentner va undan yuqori 10 ball Paxta tozalash korxonasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma 35 sentnerdan 40 sentnergacha 8 ball 30 sentnerdan 35 sentnergacha 6 ball 25 sentnerdan 30 sentnergacha 2 ball 25 sentner va undan kam 0 ball ”.
