Qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (63-son)
01.02.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi tovar yetishtiruvchilariga agrokimyo xizmati koʻrsatishning yaxlit tuzilmasini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
10. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qishloq xoʻjaligi korxonalariga koʻrsatiladigan agrokimyoviy xizmatlar va ishlarga, shuningdek “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan hamda “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali sotiladigan mineral oʻgʻitlarga va oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalariga narx belgilash normalarining asoslanganligi va ularga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
11. “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari, shu jumladan qoʻshma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasini Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq lizing boʻyicha sotib olish huquqi berilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 1-fevral,
63-son
