Uchtepa tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (683-son)
20.10.2015
Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-son, 97-modda), “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 2008-yil, 7 son, 353-modda), Oʻzbekiston Respublikasi “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning 8-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi 2008, yil, 4-son, 190-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil 15-son, 156-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 34-son, 333-modda, 2010-yil 13-son, 96-modda, 2011-yil 1-2-son 4-modda, 2012-yil, 44-son, 507-modda) , ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2015-yilga moʻljallangan band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash boʻyicha tuman maxsus komissiyasining 2015-yil 8-oktabrdagi yigʻilish bayonini inobatga olib, qaror qilaman:
1. Uchtepa tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi 153 ta tashkilotlarda aholining quyidagi toifalari uchun jami 1315,5 ta ish oʻrinlari band qilib qoʻyilsin:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarlik hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
odam savdosidan jabrlanganlar uchun — ularning kasbi boʻyicha tayyorgarlik hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari.
2. Uchtepa tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan tashkilotlar roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Ish oʻrinlarini band qiluvchi tashkilotlar rahbarlariga:
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2015-yil yakunlanishidan 10 kun oldin band qilingan ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2016-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir toifa boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror boʻyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etilsin;
ilovadagi shaxslar uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiqlashtirilishi taʼminlansin.
4. Ushbu qaror ijrosi bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini ilovada belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarining bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
6. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (J.A. Jumaniyazov):
tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorni toʻliq bajarish yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin.
7. Ushbu qaror 2016-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
8. Tuman hokimining 2014-yil 22-dekabrdagi “Uchtepa tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yilga band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 829-sonli qarori 2015-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Karimbekov zimmasiga yuklansin.
Hokim A. DOSMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-oktabr,
683-son
Tuman hokimining 2015-yil 20-oktabrdagi 683-son qaroriga ILOVA
Uchtepa tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan tashkilotlar
roʻyxati
T/r Uchtepa tumanidagi tashkilotlar nomi Tashkilotda umumiy ishlovchilar soni Yaratilgan maxsus ish oʻrinlarning band qilingan soni (7 foiz hisobida) Shundan Nogironlar uchun (3% dan kam boʻlmagan miqdorda) Yolgʻiz ota, yolgʻiz ona xamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun Taʼlim muassasalarini tugatayotgan yoshlar uchun Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun BKMda ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun JIEMlardan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun Odam savdosidan jabrlanganlar uchun 1. Toshkent tramvayi Unitar korxonasi 750 52,5 2 15 17,5 2 15 1 2. Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi 73 5 3 2 3. Uchtepa Maxsustrans avtokorxonasi 210 14,5 2 2 3 2,5 5 4. 18-Avtobus saroyi 544 38 1,5 8 20 1 7,5 5. Oʻz MTRK “Maxsus avtokorxonasi” Davlat unitar korxonasi 203 14 1 2 3 4 4 6. Sogʻliqni Saqlash bosh Boshqarmasi Maxsus avtokorxonasi 1357 94,5 5 30 20 5 27,5 4 3 7. Davlat Aksiyadorlik Sugʻurta kompaniyasi “Oʻzagrosugʻurta” 87 6 1 1 2 1 1 8. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi 36 2,5 1 1,5 9. Uchtepa tumani Davlat soliq inspeksiyasi 139 9,5 9,5 10. Vatanparvar MKT Uchtepa tumani kengashi 59 4 4 11. Tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi 22 1,5 1,5 12. Respublika Markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi 35 2 1 1 13. “Manzarali bogʻdorchilik va gulchilik” MChJ” xorijiy korxonasi 174 12 1 4 3 4 14. “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish” Davlat korxonasi 169 11 2 4 3 2 15. Kollektor va drenaj taʼmir va ishlatish boshqarmasi 219 15 1 4 6 4 16. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi 439 30,5 1 5 5 16,5 3 17. Oʻzavtoyoʻl DAK “BPIMB” 26 1,5 1 0,5 18. “Verxolaz” MChJ 105 7 1 2 4 19. Milliy bank Uchtepa filiali 108 7,5 7,5 20. “Ipoteka-banki” Toshkent viloyat filiali 135 9 2 5 2 21. Davlat tijorat Xalq banki Uchtepa filiali 66 4,5 1 3,5 22. Ochiq Aksiyadorlik Tijorat banki “Oʻzsanoatqurilishbank” Uchtepa filiali 108 7,5 7,5 23. Ochiq Aksiyadorlik Tijorat banki “Oʻzsanoatqurilishbank” Al-Xorazmiy filiali 108 7,5 7,5 24. Ochiq Aksiyadorlik Innovatsiya Tijorat banki “Ipak yoʻli” Oʻrikzor filiali 127 8,5 8,5 25. Shahar “2-ZARGARLIK KORXONASI” Davlat korxonasi 25 1,5 1 0,5 26. Qoʻshma korxona “Baypak textile” 195 13,5 1 12 0,5 27. MChJ “Toshkent Sifat Sut” 111 7,5 2 3 2,5 28. Farxod dehqon bozori 63 4 1 1 1 1 29. “Oʻrikzor Savdo kompleksi” 407 28 2 5 15 6 30. Milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji 65 4,5 1 1 1 1 0,5 31. Toshkent Iqtisodiyot va servis kolleji 143 10 1 1 6 1 1 32. Toshkent Qurilish kommunal kasb-hunar kolleji 166 11,5 2 2,5 4 1 2 33. Toshkent Yuridik kolleji 52 3,5 3,5 34. Respublika Dizayn kolleji 83 5,5 2 1 1,5 1 35. Toshkent Avtomobil yoʻllari instituti qoshidagi akademik litsey 49 3 2 1 36. Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litsey 94 6,5 1 4,5 1 37. Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent soliq kolleji 141 9,5 1 2 4,5 2 38. Oʻzbekiston Davlat Jaxon tillari universiteti 1270 88,5 6 20 51,5 11 39. Oʻzbekiston Davlat Jaxon tillari Universiteti qoshidagi chet tillari oʻqitishning respublika ilmiy amaliy innovatsion markazi 40 2,5 1 1 0,5 40. Uchtepa tuman Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman boʻlimi 32 2 1 1 41. 4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 61 4 1 1 1 1 42. 14-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 48 3 1 1 1 43. 38-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 118 8 1 3 2 2 44. 44-sonl� umumiy oʻrta taʼlim maktabi 94 6,5 1 1 2 2,5 45. 62-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 91 6 1 1 3 1 46. 74-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 74 5 3 1 1 47. 75-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 90 6 1 3 2 48. 78-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 82 5,5 1 1 2,5 1 49. 81-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 88 6 1 1 3 1 50. 106-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 72 5 2 2 1 51. 107-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 112 7,5 1 2 2 2,5 52. 109-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 58 4 1 1 1 1 53. 116-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 142 9,5 1 3 3,5 2 54. 123-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 107 7 1 1 3 2 55. 129-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 70 4,5 1 1 1 1,5 56. 193-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 112 7,5 1 2 2 2,5 57. 194-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 44 3 1 1 1 58. 197-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 95 6,5 1 1 2,5 1 1 59. 199-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktab� 81 5,5 1 1 2,5 1 60. 203-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 130 9 1 2 3 3 61. 228-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 89 6 1 2 2 1 62. 229-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 70 4,5 1 1 1,5 1 63. 236-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 71 4,5 1 1 1,5 1 64. 238-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 93 6,5 1 2 2,5 1 65. 245-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 64 4 1 1 1 1 66. 251-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 68 4,5 1 2,5 1 67. 283-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 85 5,5 1 2,5 2 68. 287-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 100 7 1 2 2 2 69. 295-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 47 3 1 1 1 70. 296-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 103 7 1 2 2 2 71. 297-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 76 5 1 1 2 1 72. 312-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 60 4 1 1 1 1 73. 5-maktabgacha taʼlim muassasasi 59 4 1 1 1 1 74. 17-maktabgacha taʼlim muassasasi 30 2 1 1 75. 19-maktabgacha taʼlim muassasasi 64 4 1 2 1 76. 20-maktabgacha taʼlim muassasasi 33 2 1 1 77. 178-maktabgacha taʼlim muassasasi 24 1,5 1 0,5 78. 186-maktabgacha taʼlim muassasasi 64 4 2 2 79. 207-maktabgacha taʼlim muassasasi 33 2 1 1 80. 217-maktabgacha taʼlim muassasasi 54 3,5 0,5 1 1 1 81. 244-maktabgacha taʼlim muassasasi 51 3,5 1 1,5 1 82. 251-maktabgacha taʼlim muassasasi 54 3,5 0,5 1 1 1 83. 252-maktabgacha taʼlim muassasasi 61 4 1 1 1 1 84. 328-maktabgacha taʼlim muassasasi 75 5 1 1 2 1 85. 334-maktabgacha taʼlim muassasasi 48 3 1 1 1 86. 338-maktabgacha taʼlim muassasasi 30 2 2 87. 340-maktabgacha taʼlim muassasasi 60 4 1 1 1 1 88. 341-maktabgacha taʼlim muassasasi 62 4 1 1 1 1 89. 346-maktabgacha taʼlim muassasasi 61 4 1 2 1 90. 360-maktabgacha taʼlim muassasasi 57 3,5 1 1 0,5 1 91. 361-maktabgacha taʼlim muassasasi 64 4 1 1 1 1 92. 365-maktabgacha taʼlim muassasasi 53 3,5 1 0,5 1 1 93. 386-maktabgacha taʼlim muassasasi 60 4 1 1 1 1 94. 387-maktabgacha taʼlim muassasasi 37 2,5 1 1,5 95. 388-maktabgacha taʼlim muassasasi 52 3,5 3,5 96. 393-maktabgacha taʼlim muassasasi 63 4 1 1 1 1 97. 396-maktabgacha taʼlim muassasasi 30 2 1 1 98. 397-maktabgacha taʼlim muassasasi 36 2,5 1 1 0,5 99. 399-maktabgacha taʼlim muassasasi 54 3,5 1 1,5 1 100. 401-maktabgacha taʼlim muassasasi 50 3,5 3 0,5 101. 404-maktabgacha taʼlim muassasasi 80 5,5 1 1 2,5 1 102. 409-maktabgacha taʼlim muassasasi 57 3,5 1 1 0,5 1 103. 411-maktabgacha taʼlim muassasasi 55 3,5 1 1 1,5 104. 431-maktabgacha taʼlim muassasasi 71 4,5 1 1 1,5 1 105. 436-maktabgacha taʼlim muassasasi 68 4,5 1 1 1,5 1 106. 450-maktabgacha taʼlim muassasasi 80 5,5 1 1 2,5 1 107. 453-maktabgacha taʼlim muassasasi 70 4,5 2 1,5 1 108. 455-maktabgacha taʼlim muassasasi 54 3,5 1 1,5 1 109. 465-maktabgacha taʼlim muassasasi 54 3,5 1 1,5 1 110. 469-maktabgacha taʼlim muassasasi 62 4 2 1 1 111. 490-maktabgacha taʼlim muassasasi 33 2 1 1 112. 492-maktabgacha taʼlim muassasasi 30 2 1 1 113. 505-maktabgacha taʼlim muassasasi 61 4 1 1 1 1 114. 540-maktabgacha taʼlim muassasasi 60 4 1 1 1 1 115. 550-maktabgacha taʼlim muassasasi 67 4,5 3,5 1 116. 591-maktabgacha taʼlim muassasasi 28 1,5 1,5 117. 592-maktabgacha taʼlim muassasasi 96 6,5 1 4,5 1 118. 601-maktabgacha taʼlim muassasasi 63 4 1 2 1 119. 603-maktabgacha taʼlim muassasasi 32 2 1 1 120. 604-maktabgacha taʼlim muassasasi 95 6,5 1 1 3,5 1 121. 608-maktabgacha taʼlim muassasasi 30 2 1 1 122. Ixtisoslashtirilgan Davlat umumtaʼlim maktabi 70 4,5 2 1,5 1 123. Barkamol avlod bolalar markazi 48 3 3 124. 2-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 29 2 1 1 125. 3-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 36 2,5 1,5 1 126. 26-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 33 2 2 127. 27-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 28 1,5 1,5 128. 40-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 27 1,5 1 0,5 129. 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi 24 1,5 1,5 130. 16-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi 32 2 1 1 131. 28-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi 50 3,5 1 2,5 132. Tuman tibbiyot birlashmasi markaziy Koʻp tarmoqli poliklinikasi 808 56,5 2 14 27,5 13 133. 22-oilaviy poliklinikasi 205 14 2 3 6 3 134. 23-oilaviy poliklinikasi 128 8,5 1 2 3,5 2 135. 24-oilaviy poliklinikasi 120 8 2 4 2 136. 25-oilaviy poliklinikasi 122 8,5 1 2 4 1,5 137. 26-oilaviy poliklinikasi 122 8,5 1 1 5,5 1 138. Uchtepa bolalar Stomatologiya poliklinikasi 176 12 1 3 5 3 139. Shahar 9-tugʻruq kompleksi 360 25 10 5 10 140. Shahar 3-bolalar klinik shifoxonasi 481 33,5 2 8,5 15 8 141. Tez tibbiy yordam klinik kasalxonasi 791 55 5 11 27 12 142. Epidemiologik-Mikrobiologik yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish inistituti 427 29,5 1 9 10 9,5 143. Respublika Koʻz mikroxirurgiya markazi 198 13,5 1 3 5 4,5 144. Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorat markazi 156 10,5 1 4 3,5 2 145. Potologoanotomik byurosi 126 8,5 1 2 3,5 2 146. Shahar bolalar Sil kasallik sihatgohi 174 12 2 8 2 147. Shayxontohur tekstil Qoʻshma korxonasi 185 12,5 2 10,5 148. “EMTEKS” Xorijiy korxonasi 200 14 1 13 149. MChJ “Vortex Line” 277 19 2 13 4 150. MChJ “Bogʻiston non” xususiy korxona 95 6,5 1 3 2,5 151. OOO Sp “Annur Tek” 103 7 1 5 1 152. MChJ Murot Shokolad 100 7 2 5 153. MChJ “Jack soft MDS” 60 4 3 1 Jami 19386 1315,5 122 275,5 577,5 30 276 28,5 6
