Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 20.01.2016 · Amalda
Vaqtincha saqlash bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan har qanday tovar tayinlangan bojxona organiga taqdim etilgan paytdan boshlab va tanlangan bojxona rejimiga muvofiq chiqarib yuborilguniga qadar, shuningdek ushbu Kodeksning 177-moddasida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda, bojxona toʻlovlari toʻlanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda vaqtincha bojxona nazorati ostida saqlanishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2876354
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 83-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimi Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-2876352/83 (lex.uz/docs/-2876354)