Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 20.01.2016 · Amalda
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari manfaatdor shaxslarga bojxona ishi masalalari va bojxona organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan maslahat beradi.
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan maslahat berish bojxona organlari joylashgan yerda va ularning ish vaqtida amalga oshiriladi.
Bojxona organlari tomonidan maslahat berish ogʻzaki, elektron yoxud yozma shaklda bepul amalga oshiriladi.
Maslahat berishda manfaatdor shaxslarga taqdim etilgan axborot tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojxona organlari tomonidan qaror qabul qilish yoki harakatni bajarish uchun asos boʻlmaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2876354
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 381-modda. Bojxona organlarining vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha maslahat berish Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-2876352/381 (lex.uz/docs/-2876354)