Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 20.01.2016 · Amalda
Bojxona brokerining faoliyati bojxona operatsiyalarini deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirigʻiga koʻra va uning nomidan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirishdan iborat.
Bojxona brokerining deklarant yoki vakolatli shaxs bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi.
Bojxona brokerining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi bojxona brokeri va deklarant oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan cheklanishi mumkin emas.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2876354
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 277-modda. Bojxona brokerining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-2876352/277 (lex.uz/docs/-2876354)