Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 20.01.2016 · Amalda
Tovarlarning bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi vakolatli shaxslarning tovarlarni bojxona rejimlaridan biriga joylashtirish va mazkur bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etish majburiyatini keltirib chiqaradi.
Vakolatli shaxs tovarlarning va transport vositalarining xususiyati, miqdori, ishlab chiqarilgan mamlakati yoki qaysi maqsadga moʻljallanganligidan qatʼi nazar, istalgan bojxona rejimini tanlashga yoki uni boshqa bojxona rejimiga oʻzgartirishga haqli.
Tanlangan bojxona rejimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun bojxona organiga taqdim etiladigan bojxona deklaratsiyasida deklarant tomonidan maʼlum qilinadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2876354
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 26-modda. Bojxona rejimini tanlash va oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-2876352/26 (lex.uz/docs/-2876354)